“Sho‘rsuv” dala-o‘quv maydonida artilleriya mashqlari o‘tkazildi

© MinOboroni UzbekistanaUcheniya na poligone "Sho‘rsuv"
Ucheniya na poligone Sho‘rsuv - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.12.2025
Obuna bo‘lish
Poligonda razvedka va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, uchuvchisiz uchish apparatlaridan himoyalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar ham takomillashtirildi.
TOShKENT, 13 dek — Sputnik. "Sho‘rsuv" dala-o‘quv maydonida keng ko‘lamli lager yig‘ini o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda Mudofaa vazirligi.

Mashg‘ulotlarda Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlarining artilleriya, umumqo‘shin va maxsus bo‘linmalari ishtirok etdi.
Mazkur lager yig‘inida artilleriya bo‘linmalarning jangovar tayyorgarligini oshirish, real sharoitda tezkor harakat qilish va zamonaviy jang talablari asosida faoliyat yuritish qobiliyatini mustahkamlash mashq qilindi.
© MinOboroni UzbekistanaUcheniya na poligone "Sho‘rsuv"
Ucheniya na poligone Sho‘rsuv - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.12.2025
Ucheniya na poligone "Sho‘rsuv"
Shuningdek, bo‘linmalar hamjihatligini mustahkamlash, jangovar shaylikni oshirish, nishonlarni aniqlash va o‘t ochishni boshqarish, razvedka hamda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar yanada takomillashtirildi.
Undan tashqari yig‘inda uchuvchisiz apparatlaridan himoyalanish, ma’naviy-jangovar tayyorgarlik va jismoniy chidamlilikni oshirish bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borildi.

Harbiy xizmatchilar har bir mashqni real jang sharoitiga yaqinlashtirilgan vaziyatda bajarib, o‘zlarining kasbiy mahoratlarini yanada oshirishdi, deyiladi xabarda.
© MinOboroni UzbekistanaUcheniya na poligone "Sho‘rsuv"
Ucheniya na poligone Sho‘rsuv - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.12.2025
Ucheniya na poligone "Sho‘rsuv"
Yangiliklar lentasi
0