https://oz.sputniknews.uz/20251212/ozbekiston-turkmaniston-strategik-sheriklik-54117882.html
O‘zbekiston va Turkmaniston strategik sheriklikni yanada kengaytirishni muhokama qildi
O‘zbekiston va Turkmaniston strategik sheriklikni yanada kengaytirishni muhokama qildi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahrida Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Davlat rahbari Turkmaniston prezidenti va qardosh xalqini mamlakat betarafligi e’lon qilinganining 30-yilligi, ushbu muhim sanaga bag‘ishlangan xalqaro forum yuqori saviyada tashkil etilgani hamda 2025-yil “Xalqaro tinchlik va ishonch yili” deb e’lon qilingani bilan samimiy tabrikladi.
2025-12-12T10:11+0500
2025-12-12T10:11+0500
2025-12-12T10:11+0500
siyosat
o‘zbekiston
turkmaniston
shavkat mirziyoyev
gurbanguli berdimuhamedov
serdar berdimuhamedov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/0c/54115014_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_7e5992360b9db757f4030f7bb6dada4f.jpg
TOShKENT, 12 dek – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahrida Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisi matbuot xizmati xabar berdi.Davlat rahbari Turkmaniston prezidenti va qardosh xalqini mamlakat betarafligi e’lon qilinganining 30-yilligi, ushbu muhim sanaga bag‘ishlangan xalqaro forum yuqori saviyada tashkil etilgani hamda 2025-yil “Xalqaro tinchlik va ishonch yili” deb e’lon qilingani bilan samimiy tabrikladi.Turkmaniston prezidentining yaqinda bo‘lib o‘tgan O‘zbekistonga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston – Turkmaniston strategik sherikligini yanada kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.Yil boshidan buyon tovar ayirboshlash qariyb bir milliard dollarga yetdi. “Shovot-Toshhovuz” chegaraoldi savdo zonasi muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Yuk tashish hajmi 30 foizga oshdi, jumladan, Turkmanboshi porti orqali yetkazib berish faollashdi. Faol gumanitar va hududlararo almashinuvlar davom etmoqda.Hukumatlararo komissiya, Ishbilarmonlar kengashi va Hududlar forumining bo‘lajak yig‘ilishlarida savdo hajmini karrasiga oshirish hamda iqtisodiyot tarmoqlari, xususan, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalarni samarali ilgari surish bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rish muhimligi ta’kidlandi.Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov ham bilan uchrashuv o‘tkazdi.Suhbat davomida O‘zbekiston – Turkmaniston strategik sheriklik, do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini, birinchi navbatda, siyosiy, parlamentlararo, savdo-iqtisodiy, madaniy hamda gumanitar sohalarda yanada kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalarni ham ko‘rib chiqishdi.Eslatamiz, Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘lib turibdi. Tashrif dasturiga muvofiq, O‘zbekiston rahbari Turkmanistonning doimiy betarafligi e’lon qilinganining 30-yilligi, Xalqaro betaraflik kuni hamda 2025-yil "Xalqaro tinchlik va ishonch yili" deb e’lon qilinganiga bag‘ishlangan xalqaro forumda ishtirok etadi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/0c/54115014_108:0:1245:853_1920x0_80_0_0_b3ec9aaec8625a7bf351cb21b3971238.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston prezidenti shavkat mirziyoyev turkmaniston prezidenti serdar berdimuhamedov strategik sheriklik xalqaro tinchlik va ishonch yili
o‘zbekiston prezidenti shavkat mirziyoyev turkmaniston prezidenti serdar berdimuhamedov strategik sheriklik xalqaro tinchlik va ishonch yili
O‘zbekiston va Turkmaniston strategik sheriklikni yanada kengaytirishni muhokama qildi
O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishga qat’iy intilishni tasdiqlashdi.
TOShKENT, 12 dek – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahrida Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisi matbuot xizmati
xabar berdi. Davlat rahbari Turkmaniston prezidenti va qardosh xalqini mamlakat betarafligi e’lon qilinganining 30-yilligi, ushbu muhim sanaga bag‘ishlangan xalqaro forum yuqori saviyada tashkil etilgani hamda 2025-yil “Xalqaro tinchlik va ishonch yili” deb e’lon qilingani bilan samimiy tabrikladi.
Turkmaniston prezidentining yaqinda bo‘lib o‘tgan O‘zbekistonga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston – Turkmaniston strategik sherikligini yanada kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
Yil boshidan buyon tovar ayirboshlash qariyb bir milliard dollarga yetdi. “Shovot-Toshhovuz” chegaraoldi savdo zonasi muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Yuk tashish hajmi 30 foizga oshdi, jumladan, Turkmanboshi porti orqali yetkazib berish faollashdi. Faol gumanitar va hududlararo almashinuvlar davom etmoqda.
Hukumatlararo komissiya, Ishbilarmonlar kengashi va Hududlar forumining bo‘lajak yig‘ilishlarida savdo hajmini karrasiga oshirish hamda iqtisodiyot tarmoqlari, xususan, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalarni samarali ilgari surish bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rish muhimligi ta’kidlandi.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov ham bilan uchrashuv
o‘tkazdi.Suhbat davomida O‘zbekiston – Turkmaniston strategik sheriklik, do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini, birinchi navbatda, siyosiy, parlamentlararo, savdo-iqtisodiy, madaniy hamda gumanitar sohalarda yanada kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalarni ham ko‘rib chiqishdi.
Eslatamiz, Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘lib turibdi. Tashrif dasturiga muvofiq, O‘zbekiston rahbari Turkmanistonning doimiy betarafligi e’lon qilinganining 30-yilligi, Xalqaro betaraflik kuni hamda 2025-yil "Xalqaro tinchlik va ishonch yili" deb e’lon qilinganiga bag‘ishlangan xalqaro forumda
ishtirok etadi.