https://oz.sputniknews.uz/20251212/mishustin-eoii-54122353.html
Mishustin: YeOII 2025-yilda asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha munosib natijalarni ko‘rsatdi
Mishustin: YeOII 2025-yilda asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha munosib natijalarni ko‘rsatdi
Sputnik O‘zbekiston
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining (YeOII) bu yilgi asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha dastlabki natijalari munosib darajada bo‘ldi. Bu haqda Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin Yevroosiyo hukumatlararo kengashining kengaytirilgan tarkibdagi yig‘ilishida ma’lum qildi.
2025-12-12T12:42+0500
2025-12-12T12:42+0500
2025-12-12T12:42+0500
o‘zbekiston va yeoii
iqtisod
mixail mishustin
yeoii
yeik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/0c/54122663_0:219:3251:2048_1920x0_80_0_0_bc5a3aad87ef2edfd030d5ba96e39931.jpg
TOShKENT, 12 dek – Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining (YeOII) bu yilgi asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha dastlabki natijalari munosib darajada bo‘ldi. Bu haqda Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin Yevroosiyo hukumatlararo kengashining kengaytirilgan tarkibdagi yig‘ilishida ma’lum qildi.Ular orasida Mishustin ittifoqning yalpi ichki mahsuloti (YaIM), sanoat ishlab chiqarishi, qishloq xo‘jaligi, qurilish va chakana savdo aylanmasini sanab o‘tdi.Rossiya bosh vaziri YeOII mamlakatlarida tadbirkorlik faolligining sezilarli o‘sganini qayd etdi. Ittifoqda asosiy kapitalga investitsiyalar birinchi yarim yillikda 6% dan oshdi.Rossiya YeOII mamlakatlari ishbilarmon doiralarining, ayniqsa yuqori texnologiyalar sohasida birgalikda ishlash istagini qo‘llab-quvvatlaydi.Ma’lum qilinishicha, YeOII doirasida qo‘llab-quvvatlash mexanizmi agrosanoat majmuasiga ham tatbiq etiladi.Rossiya bosh vazirining so‘zlariga ko‘ra, YeOII mamlakatlari ichidagi o‘zaro hisob-kitoblarda milliy valyutalarning ulushi 93% ga yetdi va birlashma tadbirkorlari o‘rtasida bu ko‘rsatkich 98% dan oshdi.YeOII va Eron o‘rtasida erkin savdo to‘g‘risidagi bitimni amaliy amalga oshirish boshlandi. Shuningdek, BAA va Mo‘g‘uliston bilan shartnomalar imzolandi.YeOIIda raislik qilish Belarusdan Qozog‘istonga o‘tdi. Yevroosiyo hukumatlararo kengashining navbatdagi yig‘ilishi 2026-yil 26-27 mart kunlari Chimkentda bo‘lib o‘tadi.Moskvada Yevroosiyo hukumatlararo kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Armaniston bosh vazirlari, Qirg‘iziston Vazirlar mahkamasi raisi hamda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi hay’ati raisi Bakitjan Sagintayev ishtirok etishdi. Kuzatuvchi davlatlardan – O‘zbekiston bosh vaziri va Kuba bosh vaziri (onlayn) qatnashdi.
https://oz.sputniknews.uz/20251212/ozbekiston-eoii-savdo-54112291.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/0c/54122663_298:0:3029:2048_1920x0_80_0_0_fa87eaaf79d5c050864fdcdb49ae170c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining (yeoii) yevroosiyo hukumatlararo kengashi ma’lumot statistika
yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining (yeoii) yevroosiyo hukumatlararo kengashi ma’lumot statistika
Mishustin: YeOII 2025-yilda asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha munosib natijalarni ko‘rsatdi
Rossiya bosh vazirining so‘zlariga ko‘ra, YeOII mamlakatlari ichidagi o‘zaro hisob-kitoblarda milliy valyutalarning ulushi 93% ga yetdi.
TOShKENT, 12 dek – Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining (YeOII) bu yilgi asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha dastlabki natijalari munosib darajada bo‘ldi. Bu haqda Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin Yevroosiyo hukumatlararo kengashining kengaytirilgan tarkibdagi yig‘ilishida
ma’lum qildi. “Biz yakunlanayotgan yilni asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha munosib dastlabki natija bilan kuzatmoqdamiz”, - dedi u.
Ular orasida Mishustin ittifoqning yalpi ichki mahsuloti (YaIM), sanoat ishlab chiqarishi, qishloq xo‘jaligi, qurilish va chakana savdo aylanmasini sanab o‘tdi.
Rossiya bosh vaziri YeOII mamlakatlarida tadbirkorlik faolligining sezilarli o‘sganini qayd etdi. Ittifoqda asosiy kapitalga investitsiyalar birinchi yarim yillikda 6% dan oshdi.
Rossiya YeOII mamlakatlari ishbilarmon doiralarining, ayniqsa yuqori texnologiyalar sohasida birgalikda ishlash istagini qo‘llab-quvvatlaydi.
“Biz ishbilarmon doiralarning birgalikda ishlashga intilishini qo‘llab-quvvatlaymiz. Avvalo, yangi yuqori texnologiyali korxonalarni ishga tushirish haqida gap ketganda”, - dedi Mishustin.
Ma’lum qilinishicha, YeOII doirasida qo‘llab-quvvatlash mexanizmi agrosanoat majmuasiga ham tatbiq etiladi.
“Yordam mexanizmini agrosanoat majmuasiga ham kengaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi”, - dedi Mishustin va bu chora ittifoq doirasida hamkorlikni kuchaytirishga hamda oziq-ovqat va texnologik suverenitetni mustahkamlashga” imkon berishini qo‘shimcha qildi.
Rossiya bosh vazirining so‘zlariga ko‘ra, YeOII mamlakatlari ichidagi o‘zaro hisob-kitoblarda milliy valyutalarning ulushi 93% ga yetdi va birlashma tadbirkorlari o‘rtasida bu ko‘rsatkich 98% dan oshdi.
YeOII va Eron o‘rtasida erkin savdo to‘g‘risidagi bitimni amaliy amalga oshirish boshlandi. Shuningdek, BAA va Mo‘g‘uliston bilan shartnomalar imzolandi.
YeOIIda raislik qilish Belarusdan Qozog‘istonga o‘tdi. Yevroosiyo hukumatlararo kengashining navbatdagi yig‘ilishi 2026-yil 26-27 mart kunlari Chimkentda bo‘lib o‘tadi.
Moskvada Yevroosiyo hukumatlararo kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Armaniston bosh vazirlari, Qirg‘iziston Vazirlar mahkamasi raisi hamda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi hay’ati raisi Bakitjan Sagintayev ishtirok etishdi. Kuzatuvchi davlatlardan – O‘zbekiston bosh vaziri va Kuba bosh vaziri (onlayn) qatnashdi.