Hududlarda metan “zapravkalar” ish soatiga cheklov kiritilmoqda

© Sputnik / Avenir DeberdeyevZima v Tashkente
Zima v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.12.2025
Obuna bo‘lish
Xususan, Toshkent shahridagi 78 ta metan zapravka soat 06:00 dan 23:00 gacha ishlaydi.
TOShKENT, 12 dek – Sputnik. O‘zbekistonning qator hududlaridagi metan “zapravkalar” ish soatiga cheklov kiritildi. Bu haqda "Hududgazta’minot" kompaniyasining hududlardagi filiallari xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, cheklovlar hokimliklar bilan kelishilgan qaror asosida kiritilmoqda.
Cheklov kiritilgan hududlar:
Toshkent shahridagi 78 ta metan zapravka ishi soat 06:00 dan 23:00 gacha;
Andijon viloyatidagi 143 ta metan zapravka ishi soat 05:00 dan 17:00 gacha;
Namangan viloyatidagi 134 ta metan zapravka ishi soat 05:00 dan 17:00 gacha;
Farg‘ona viloyatidagi 173 ta metan zapravka soat 06:00 dan 18:00 gacha;
Qoraqalpog‘istondagi 124 ta metan zapravka soat 06:00 dan 18:00 gacha;
Sirdaryo viloyatidagi 53 ta metan zapravka soat 06:00 dan 18:00 gacha;
Navoiy viloyatidagi 51 ta metan zapravka soat 06:00 dan 19:00 gacha;
Xorazm viloyatidagi 94 ta metan zapravka soat 05:00 dan 17:00 gacha;
Surxondaryo viloyatidagi 106 ta metan zapravka soat 06:00 dan 17:00 gacha.
Avvalroq Energetika vazirligi metan “zapravkalar” faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritilishi va bu qo‘shni davlatdagi gaz tarmog‘ida kuzatilgan texnik nosozlik tufayli import qilinayotgan tabiiy gaz qisqargani bilan bog‘liqnini ma’lum qilgan edi.
Zapravochnaya kolonka na avtomobilnoy gazonapolnitelnoy kompressornoy stansii, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.12.2025
Metan “zapravka”lar faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritilmoqda
Yangiliklar lentasi
0