https://oz.sputniknews.uz/20251212/gazlashtirilmagan-uylar-elektr-energiyasi-chegirma-54132803.html
Gazlashtirilmagan uylar uchun elektr energiyasiga 50 foiz chegirma berilishi mumkin
Gazlashtirilmagan uylar uchun elektr energiyasiga 50 foiz chegirma berilishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda gazlashtirilmagan hududlardagi uylar uchun imtiyozli tariflarni joriy etish rejalashtirilmoqda. Isitish mavsumida pasaytirilgan tariflar 2000 kVt⋅soatgacha, yilning boshqa vaqtlarida esa 1000 kVt⋅soatgacha iste’mol qilinganda amal qiladi.
2025-12-12T15:16+0500
2025-12-12T15:16+0500
2025-12-12T15:16+0500
iqtisod
o‘zbekiston
elektr energiyasi
chegirmalar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/1c/39393926_100:808:2048:1904_1920x0_80_0_0_e0fa96a6cc6df147cd62afed5070284a.jpg
TOShKENT, 12 dek – Sputnik. O‘zbekistonda gazlashtirilmagan hududlardagi uylar uchun imtiyozli tariflarni joriy etish rejalashtirilmoqda. Energetika vazirligi tegishli taklifni ishlab chiqqan.Loyihaga ko‘ra, ovqat tayyorlash uchun elektr plitalari bilan jihozlangan, isitish tizimi to‘liq elektrlashtirilgan, markazlashgan isitish tizimi va tabiiy gaz tarmoqlariga ulanmagan ko‘p qavatli uylar, yotoqxonalar hamda gazlashtirilmagan hududlarda yashovchi maishiy iste’molchilarga (subsidiyalanadigan narxlardagi suyultirilgan gaz, ko‘mir yoki tabiiy gazdan foydalanmagan taqdirda) oylik iste’mol hajmiga qarab:Elektr energiyasi iste’moli uchun amaldagi tariflarga nisbatan 50 foizgacha chegirma qo‘llash nazarda tutilmoqda.“Hisob-kitoblar va texnik audit yakuniga ko‘ra, umumiy xulosa shakllantiriladi va shundan so‘ng takliflarning amaliyotga tatbiq etilishi ta’minlanadi”, - deyilgan xabarda.Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov Qonunchilik palatasi majlisida mamlakatda isitishda gazdan to‘liq voz kechilishi va elektr bo‘yicha imtiyozli tariflar joriy etilishini ma’lum qilgan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20251202/prezident-yigilish-topshiriqlar-53863171.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/1c/39393926_312:750:2048:2052_1920x0_80_0_0_c7de5c4f84d2bcc323b16a5af1920454.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
elektr energiyasi 50 foiz chegirma o‘zbekiston gaz
elektr energiyasi 50 foiz chegirma o‘zbekiston gaz
Gazlashtirilmagan uylar uchun elektr energiyasiga 50 foiz chegirma berilishi mumkin
Isitish mavsumida pasaytirilgan tariflar 2000 kVt⋅soatgacha, yilning boshqa vaqtlarida esa 1000 kVt⋅soatgacha iste’mol qilinganda amal qiladi.
TOShKENT, 12 dek – Sputnik. O‘zbekistonda gazlashtirilmagan hududlardagi uylar uchun imtiyozli tariflarni joriy etish rejalashtirilmoqda. Energetika vazirligi tegishli taklifni
ishlab chiqqan. Loyihaga ko‘ra, ovqat tayyorlash uchun elektr plitalari bilan jihozlangan, isitish tizimi to‘liq elektrlashtirilgan, markazlashgan isitish tizimi va tabiiy gaz tarmoqlariga ulanmagan ko‘p qavatli uylar, yotoqxonalar hamda gazlashtirilmagan hududlarda yashovchi maishiy iste’molchilarga (subsidiyalanadigan narxlardagi suyultirilgan gaz, ko‘mir yoki tabiiy gazdan foydalanmagan taqdirda) oylik iste’mol hajmiga qarab:
isitish mavsumida — 2000 kVt·soatgacha;
isitish mavsumidan tashqari — 1000 kVt·soatgacha;
Elektr energiyasi iste’moli uchun amaldagi tariflarga nisbatan 50 foizgacha chegirma qo‘llash nazarda tutilmoqda.
“Hisob-kitoblar va texnik audit yakuniga ko‘ra, umumiy xulosa shakllantiriladi va shundan so‘ng takliflarning amaliyotga tatbiq etilishi ta’minlanadi”, - deyilgan xabarda.
Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov Qonunchilik palatasi majlisida mamlakatda isitishda gazdan to‘liq voz kechilishi va elektr bo‘yicha imtiyozli tariflar joriy etilishini ma’lum qilgan edi.