Yosh mutaxassislarning chetga chiqib ketishi yoki O‘zbekiston iqtisodiyotiga uzoq muddatli sarmoya?

© Press-slujba OEZ "Alabuga"
Obuna bo‘lish
Kompaniyalar xabarlari
Rossiyaning “Alabuga Start” dasturi mehnat migratsiyasini qanday qilib ikki tomon uchun ham rivojlanish omiliga aylantirmoqda?
Rossiya va MDH mamlakatlari iqtisodiyoti, ayniqsa mehnat va moliyaviy oqimlar sohasida chambarchas bog‘liqdir. Markaziy Osiyo davlatlarining millionlab fuqarolari har yili Rossiyaga ishlash uchun keladi. Rossiya Ichki ishlar vazirligining statistik ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda 6,3 million xorijiy fuqarolar ish topish maqsadida Rossiyaga kelgan.
Muhimi shundaki, ularning daromadlarining sezilarli qismi vatanga pul o‘tkazmalari ko‘rinishida qaytadi. Bu mablag‘lar oilalarni qo‘llab-quvvatlashda va jo‘natuvchi mamlakatlar budjetlarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Misol uchun, O‘zbekistonda xorijdan keladigan pul o‘tkazmalari hajmi YaIMning 17 % ga yetib, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash va ichki iste’molni rag‘batlantirishga sezilarli hissa qo‘shmoqda.
Ushbu sharoitda uyushgan mehnat migratsiyasi dasturlari shunchaki iqtisodiy vosita emas, balki barqarorlikning asosiy unsuriga aylanmoqda. Rossiya, ayniqsa ishlab chiqarish sohasi uchun, mehnat resurslariga bo‘lgan ehtiyoji ortib borayotgani sababli g‘ayratli ishchi kuchini jalb etishdan manfaatdor. Boshqa tomondan, MDH davlatlari yoshlari nafaqat qonuniy ravishda ish topish, balki o‘z kasbiy malakalarini oshirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
Eng yorqin misollardan biri “Alabuga” maxsus iqtisodiy zonasi (Tatariston Respublikasi, Rossiya) tashabbusi bilan yaratilgan “Alabuga Start” xalqaro dasturining rivojlanishi bo‘ldi. 2022-yilda ishga tushirilgan mazkur dastur MDH mamlakatlaridan bo‘lgan qizlarni kasbiy rivojlanishga va yuqori texnologiyali korxonalarda ishlashga jalb etishni maqsad qilgan. Uch yil mobaynida dastur ishtirokchilarga nafaqat o‘zlarini ta’minlash imkoniyatini berdi, balki ularning ko‘pchiligiga o‘z oilalariga tizimli yordam ko‘rsatish imkonini ham yaratdi.
TURAR JOY, ISh VA YuQORI MAOSh
Dastur MDH mamlakatlaridan Tataristonga ko‘chib o‘tishga va yirik kompaniyada martaba qurishga tayyor 16 yoshdan 22 yoshgacha bo‘lgan intiluvchi yosh qizlarga mo‘ljallangan. Ular ish tajribasi yoki maxsus ma’lumotga ega bo‘lmasa ham ishtirok etishlari mumkin – “Alabuga Start” kasbga ilk qadamni qo‘yish, munosib maosh bilan ta’minlangan ishga ega bo‘lish va mustaqil shaxs sifatida shakllanish imkoniyatini beradi.
Kompaniya ishtirokchilarga Rossiyaga uchish xarajatlarini qoplaydi, ishga joylashishda har tomonlama ko‘maklashadi va zamonaviy korporativ xostellarda imtiyozli shartlarda (oyiga atigi 44 $) yashash imkoniyatini taqdim etadi. Shubhasiz, ish haqi asosiy rag‘batlantiruvchi omillardan biri hisoblanadi - qizlar har oyda qo‘liga 860 $ dan 1783 $ gacha maosh olishlari mumkin.

Kak rossiyskaya programma "Alabuga Start" prevrashayet trudovuyu migratsiyu v dvigatel razvitiya dlya obeix storon
© Press-slujba OEZ "Alabuga"
Shuni ta’kidlash joizki, dastur mavjud martaba yo‘nalishlari ro‘yxatini doimiy ravishda kengaytirib bormoqda: 2025-yilga kelib ish yo‘nalishlari soni oltitaga yetdi. Bugungi kunda qizlar ishlab chiqarish operatori yoki avtotransport sexida haydovchi mutaxassisligini tanlashlari, restoran yoki mehmonxona biznesi sohasida o‘zlarini sinab ko‘rishlari, shuningdek, montaj va pardozlash ishlari bo‘yicha qurilish mutaxassisliklarini egallashlari mumkin.
Tataristondagi maydon bir necha yildan beri Rossiyaning maxsus iqtisodiy zonalari orasida samaradorlik bo‘yicha birinchi o‘rinni egallab kelmoqda. Uning hududida o‘nlab yirik zavodlar (jumladan, Turkiya, Germaniya, Daniya va Belgiyadan kelgan xorijlik rezidentlar) faoliyat yuritmoqda va ular yuqori malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyoji tobora ortib bormoqda.
Shu bois “Alabuga” rahbariyati bozordan tayyor mutaxassislarni izlashdan ko‘ra, o‘z mutaxassislarini tarbiyalash maqsadga muvofiq degan xulosaga keldi. Shunday qilib, bir vaqtning o‘zida kadrlar tanqisligi muammosini hal etish va do‘st mamlakatlar yoshlarini ish bilan ta’minlash imkoniyatini yaratish uchun “Alabuga Start” dasturi g‘oyasi paydo bo‘ldi.

Rossiyaning “Alabuga Start” dasturi mehnat migratsiyasini qanday qilib ikki tomon uchun ham rivojlanish omiliga aylantirmoqda
© Press-slujba OEZ "Alabuga"
MDH mamlakatlaridan kelgan yosh qizlar dasturda ishtirok etish davomida nafaqat ishlaydi, balki integratsiya tadbirlari orqali Tataristondagi hayot bilan ham tanishadi. Ular uchun respublikaning tarixiy shaharlari – (Yelabuga, Naberejnie Chelni va Qozon) bo‘ylab sayohatlar uyushtiriladi, sport musobaqalari va suhbat klublari o‘tkaziladi – bularning barchasi mahalliy muhitga tezroq moslashish va mintaqa madaniyatini chuqurroq tushunishga yordam beradi.
YaNGI IMKONIYaTLAR VA OILALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASh
Mahalliy hukumatlar bu tashabbusni qonuniy migratsiya va yoshlar bandligini oshirish vositasi sifatida qo‘llab-quvvatlamoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Behzod Musayev “Alabuga”ga tashrif buyurib, maxsus iqtisodiy hududda ishlayotgan vatandoshlarning mehnat sharoitlari bilan shaxsan tanishdi.
“Bu kelajagi porloq innovatsion loyiha! Yoshlarimiz hududingizga, (“Alabuga” EIHga - tahr.) o‘zlari uchun muhim martaba qurish uchun, kelishlarini ta’minlashimiz kerak”, - deya fikr bildirdi idora rahbari.

Kak rossiyskaya programma "Alabuga Start" prevrashayet trudovuyu migratsiyu v dvigatel razvitiya dlya obeix storon
© Press-slujba OEZ "Alabuga"
Dastur, shuningdek, Yevroosiyo iqtisodiy forumida yoshlar bandligini qo‘llab-quvvatlash va integratsiya hududida kadrlarni kasbiy moslashtirishning muvaffaqiyatli namunasi sifatida taqdim etildi.
Tashabbusni ham mintaqaviy hokimiyat, ham tadbirkorlar hamjamiyati qo‘llab-quvvatlamoqda. Shunday qilib, dastur orqali Rossiya va MDH mamlakatlari orasida mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikning yangi shakli shakllanmoqda.
Bundan tashqari, ishlab topilgan mablag‘ qizlarga o‘z vatanidagi oilalarini qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi. Aksariyat ishtirokchilar ish haqining salmoqli qismini uyiga jo‘natib, ota-onalari va qarindoshlariga yordam ko‘rsatmoqda. Bunga qirg‘izistonlik Alina Toygonbayeva yaqqol misol bo‘la oladi. U “Alabuga Start” haqida dugonasidan eshitgan:
“Men ariza yubordim va HR bo‘limi men bilan bog‘landi. Biz suhbatlashdik, keyin ular ota-onamga dastur haqida batafsil tushuntirishdi. Ular meni osongina qo‘yib yuborishdi. Hozir onamga yordam berapman - bu yerda olti oy ishlash davomida uning kreditining yarmini to‘lab berdim”, - dedi Alina.

Rossiyaning “Alabuga Start” dasturi mehnat migratsiyasini qanday qilib ikki tomon uchun ham rivojlanish omiliga aylantirmoqda
© Press-slujba OEZ "Alabuga"
Bu umumiy trendga mos: MDH fuqarolarining pul o‘tkazmalari Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyoti uchun salmoqli daromad manbai hisoblanadi. Masalan, xorijda ishlayotgan Qirg‘iziston fuqarolari 2024-yilda vatanlariga qariyb 3 mlrd $ o‘tkazishgan - bu mamlakat yalpi ichki mahsulotining 17% ga yaqin. Shunday qilib, hatto bir necha yuz qizning “Alabuga Start” dasturida ishtirok etishi ham MDH mamlakatlariga mablag‘ oqimini oshirish va yoshlar orasidagi ishsizlikni kamaytirish orqali iqtisodiyotga bevosita foyda keltirmoqda.
Inson kapitalini shakllantirish ham muhim ahamiyatga ega. Rossiyada ikki yil davomida ishlagan qizlar qimmatli kasbiy tayyorgarlikdan o‘tib - dasturni tugatgandan keyin, amaliy ko‘nikmalar va boshqaruv tajribasiga ega malakali mutaxassislar bo‘ladi. Ular mehnat intizomini, zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalarini, xalqaro muhitda ishbilarmonlik muloqotini o‘rganadi - bularning barchasi ularning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshiradi.
MUTAXASSISLARNING YaNGI AVLODI
Dastur bitiruvchilarining aksariyati to‘plangan mablag‘ va bilimlardan foydalanib, tanlagan sohalarida martabalarini rivojlantirish yoki o‘z bizneslarini ochishni rejalashtirmoqda. Tajribaning bunday “qaytma oqimi” ishtirokchi mamlakatlar uchun ham foyda keltirishi mumkin: qaytib kelayotgan qizlar o‘zlari bilan yangi ko‘nikmalar va keng dunyoqarashni olib kelishadi, eng yaxshi amaliyotlarni joriy etuvchilarga aylanishadi.
Nihoyat, dastur muhim ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lib, an’anaviy jamiyatlarda ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi. Barqaror va yuqori maoshli ishga ega bo‘lib, qizlar iqtisodiy mustaqillik va o‘ziga ishonch orttiradi. Bunday misollar MDH mamlakatlarida ayollar mehnati va martabasiga bo‘lgan munosabatni o‘zgartiradi, boshqalar uchun ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi.
“Alabuga Start” modeli boshqa hududlar va sohalarda kengaytirilishi va joriy etilishi uchun barcha imkoniyatlarga ega. Aslida, gap zamonaviy iqtisodiyot va texnologik o‘zgarishlar sharoitida ishlashga tayyor bo‘lgan mutaxassislarning yangi avlodini shakllantirishga qaratilgan. Dasturning muvaffaqiyati do‘stona mamlakatlar bilan hamkorlikda shunga o‘xshash loyihalarni yaratishga ilhomlantirishi mumkin, bu esa uzoq muddatli istiqbolda postsovet hududidagi integratsiyani mustahkamlaydi va barcha ishtirokchilarga o‘zaro manfaat keltiradi.

Rossiyaning “Alabuga Start” dasturi mehnat migratsiyasini qanday qilib ikki tomon uchun ham rivojlanish omiliga aylantirmoqda
© Press-slujba OEZ "Alabuga"
“Alabuga Start” xalqaro dasturi puxta o‘ylangan, o‘zaro manfaatli kadrlar hamkorligi strategiyasi bir vaqtning o‘zida bir nechta davlatlarning rivojlanish masalalarini hal etishi mumkinligini aniq namoyish etmoqda. MDH mamlakatlari yoshlari o‘zlarini namoyon qilish uchun yangi imkoniyatlar, munosib daromad va o‘sish istiqbollariga ega bo‘lmoqda, Rossiya esa o‘z navbatida mehnat resurslari oqimini va yaqin qo‘shnilari bilan aloqalarini mustahkamlamoqda.
Hamkorlikning bunday shakli o‘z samaradorligini allaqachon isbotladi va loyihani kelajakda yangi nashrlar, yangi muvaffaqiyat hikoyalari va, ehtimol, umumiy farovonlik yo‘lida geografiyasini kengaytirish kutmoqda.
Material tijoriy shartlar asosida chop etildi.