https://oz.sputniknews.uz/20251211/tashkent-gashish-qolga-olinish-54074764.html
Toshkentda sotish uchun olib ketilayotgan qariyb 3 kg gashish qo‘lga olindi
Toshkentda sotish uchun olib ketilayotgan qariyb 3 kg gashish qo‘lga olindi
Sputnik O‘zbekiston
DXX va IIV hamkorligidagi tadbirda “Lacetti”dan qariyb 3 kg gashish topildi. Ikki nafar fuqaro qo‘lga olindi, kontrabanda ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
2025-12-11T09:15+0500
2025-12-11T09:15+0500
2025-12-11T09:57+0500
giyohvand moddalarga qarshi
o‘zbekiston
jamiyat
davlat xavfsizlik xizmati (dxx)
iiv
andijon
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/0b/54074599_0:103:444:353_1920x0_80_0_0_b3424ed0425ed0399d02b1ac27a473c5.jpg
TOShKENT, 11 dek — Sputnik. Qirg‘izistondan olib kelingan salkam 3 kilogramm narkotik modda Toshkent shahrida sotilishing oldi olindi. Bu haqda Davlat xavfsizligi xizmati (DXX) matbuot xizmati xabar berdi.Ma’lum qilinishicha, Andijon viloyati Bo‘ston tumanidagi YPX maskanida DXX va Ichki ishlar organlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir chog‘ida “Andijon – Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan “Lacetti” to‘xtatilib tekshirilgan va undan 2 kg 994 gramm gashish moddasi topilgan.Tezkor harakatlar davomida uning jinoiy sherigi, 1993-yilda tug‘ilgan G‘.N. ham qo‘lga olingan. Tergovda aniqlanishicha, ular gashishni Qirg‘izistondagi narkosavdogarlardan 23 ming dollarga xarid qilib, kontrabanda yo‘li bilan O‘zbekistonga olib kirgan va Toshkentda sotishni rejalashtirgan.Hozir ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 28,246-moddasi 2-qismi (kontrabanda) va 25,273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.Gumonlanuvchilarga “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20251205/central-asia-giyohvand-modda--malumot-berildi-53961405.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/0b/54074599_0:62:444:395_1920x0_80_0_0_23856dde0d2699314f3c23af9083e5db.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
gashish, andijon, toshkent, andijon–toshkent yo‘li, giyohvandlik, kontrabanda, dxx, iiv, o‘zbekiston, narkosavdo, qirg‘iziston, lacetti, jinoyat ishi, og‘ufurush
gashish, andijon, toshkent, andijon–toshkent yo‘li, giyohvandlik, kontrabanda, dxx, iiv, o‘zbekiston, narkosavdo, qirg‘iziston, lacetti, jinoyat ishi, og‘ufurush
Toshkentda sotish uchun olib ketilayotgan qariyb 3 kg gashish qo‘lga olindi
09:15 11.12.2025 (yangilandi: 09:57 11.12.2025) Andijon–Toshkent yo‘lidagi tezkor tadbir davomida qariyb 3 kg gashish olib ketayotgan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi, modda musodara qilindi.
TOShKENT, 11 dek — Sputnik. Qirg‘izistondan olib kelingan salkam 3 kilogramm narkotik modda Toshkent shahrida sotilishing oldi olindi. Bu haqda Davlat xavfsizligi xizmati (DXX) matbuot xizmati
xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Andijon viloyati Bo‘ston tumanidagi YPX maskanida DXX va Ichki ishlar organlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir chog‘ida “Andijon – Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan “Lacetti” to‘xtatilib tekshirilgan va undan 2 kg 994 gramm gashish moddasi topilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, avtomobilni boshqarib borayotgan, 1984-yilda tug‘ilgan Andijon shahri fuqarosi J.R.ga tegishli giyohvand modda protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Tezkor harakatlar davomida uning jinoiy sherigi, 1993-yilda tug‘ilgan G‘.N. ham qo‘lga olingan. Tergovda aniqlanishicha, ular gashishni Qirg‘izistondagi narkosavdogarlardan 23 ming dollarga xarid qilib, kontrabanda yo‘li bilan O‘zbekistonga olib kirgan va Toshkentda sotishni rejalashtirgan.
Hozir ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 28,246-moddasi 2-qismi (kontrabanda) va 25,273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Gumonlanuvchilarga “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.