O‘zbekistonda qo‘shma korxonalar soni bo‘yicha top-5 mamlakat

Obuna bo‘lish
Qo‘shma korxonalarning asosiy qismi Rossiya hissasiga to‘g‘ri keladi.
TOShKENT, 11 dek – Sputnik. O‘zbekiston Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-dekabr holatiga respublikada jami 17 900 ta xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar faoliyat yuritmoqda.
Shundan 4 228 tasi qo‘shma korxonalar, 13 672 tasi xorijiy kompaniyalardir. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 15,9% ga yoki 2 450 taga oshgan.
Qo‘shma korxonalarning asosiy qismi Rossiya hissasiga to‘g‘ri keladi. 1-dekabr holatiga ularning soni 909 tani tashkil etdi. Keyingi o‘rinlarda Xitoy - 725 ta va Turkiya - 487 ta.
Batafsil - Sputnik infografikasida.
Yangiliklar lentasi
0