https://oz.sputniknews.uz/20251211/ozbekiston-dollar-54076504.html
O‘zbekistonda dollardan voz kechilmoqda
O‘zbekistonda dollardan voz kechilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda dollarlashuv darajasi pasayib bormoqda. Bu respublika Markaziy banki Statistika va tadqiqotlar departamenti tadqiqoti natijasidan ma’lum bo‘ldi. Narxlar barqarorligining yaxshilanishi, inflyatsiyaning pasayishi odamlarni so‘mda jamg‘arishga undayapti.
2025-12-11T10:31+0500
2025-12-11T10:31+0500
2025-12-11T10:31+0500
iqtisod
o‘zbekiston
dollardan voz kechish
markaziy bank
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/1a/22389091_0:89:965:632_1920x0_80_0_0_f6f721679eb77c211b76b248fa2793b4.jpg
TOShKENT, 11 dek – Sputnik. O‘zbekistonda dollarlashuv darajasi pasayib bormoqda. Bu respublika Markaziy banki Statistika va tadqiqotlar departamenti tadqiqoti natijasidan ma’lum bo‘ldi.Ma’lum qilinishicha, dollarlashuvning tabiiy darajasi MVP (Minimum Variance Portfolio) yondashuvi asosida baholangan.Tadqiqotga ko‘ra:Nega dollarlashuv pasaymoqda?Depozitlardagi dollarlashuv trendiMuddatli depozitlarda dollarlashuv keskin kamaygan:Ta’kidlanishicha, bu o‘zgarish so‘mda depozit ochish xavfini sezilarli darajada kamayganini anglatadi.Aholi va biznes vakillari uchun bu nimani anglatadi?Markaziy bankning ta’kidlashicha, moliyaviy xavflar kamaymoqda.Tadqiqot natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda tabiiy dollarlashuvning pasayishi — iqtisodiy barqarorlik ortayotganining belgisi. Narxlar barqarorligi va valyuta siyosatidagi izchillik milliy valyutaga bo‘lgan ishonchni mustahkamlamoqda.Avvalroq O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblarning 75 foizdan ortig‘i milliy valyutalarda amalga oshirilayotganini ma’lum qilgandi.
https://oz.sputniknews.uz/20250908/lavrov-dollardan-voz-kechish-51811188.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/1a/22389091_19:114:709:632_1920x0_80_0_0_73e86558ec7d760a0c22f848b11ad7d8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston dollardan voz kechish ma’lumot statistika
o‘zbekiston dollardan voz kechish ma’lumot statistika
O‘zbekistonda dollardan voz kechilmoqda
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda tabiiy dollarlashuvning pasayishi — iqtisodiy barqarorlik ortayotganining belgisi.
TOShKENT, 11 dek – Sputnik. O‘zbekistonda dollarlashuv darajasi pasayib bormoqda. Bu respublika Markaziy banki Statistika va tadqiqotlar departamenti tadqiqoti natijasidan
ma’lum bo‘ldi. Ma’lum qilinishicha, dollarlashuvning tabiiy darajasi MVP (Minimum Variance Portfolio) yondashuvi asosida baholangan.
2020 yil boshida qisqa muddatli tabiiy dollarlashuv 24,5% bo‘lgan.
2025 yil oktabriga kelib bu ko‘rsatkich 17,8% gacha pasaydi.
Uzoq muddatli (3 yillik) tabiiy dollarlashuv darajasi 19,3% etib baholandi.
“Bu aholi va biznesning milliy valyuta - so‘mga bo‘lgan ishonchi ortayotganini, ya’ni tovar va xizmatlar narxini milliy valyutada belgilash va o‘zaro hisob-kitoblar asosan milliy valyutada amalga oshirilayotganligini ko‘rsatadi”, - deyiladi xabarda.
Nega dollarlashuv pasaymoqda?
Narxlar barqarorligining yaxshilanishi, inflyatsiyaning pasayishi odamlarni so‘mda jamg‘arishga undayapti.
Valyuta kursining nisbatan barqaror bo‘lishi xavfni kamaytirmoqda.
Bank tizimida so‘mdagi depozitlar bo‘yicha sharoitlarning yaxshilanishi milliy valyutani jozibador qildi.
Depozitlardagi dollarlashuv trendi
Muddatli depozitlarda dollarlashuv keskin kamaygan:
Yuridik shaxslarda: 48,2% (2019) → 20,5% (2025 yil 1-noyabr holatiga).
Jismoniy shaxslarda: 32,6% (2019) → 22,5% (2025 yil 1-noyabr holatiga).
Ta’kidlanishicha, bu o‘zgarish so‘mda depozit ochish xavfini sezilarli darajada kamayganini anglatadi.
Aholi va biznes vakillari uchun bu nimani anglatadi?
Markaziy bankning ta’kidlashicha, moliyaviy xavflar kamaymoqda.
So‘mda pul saqlash avvalgiga nisbatan ko‘proq ishonchli.
Bank depozitlarida milliy valyuta jozibadorligi ortgan.
Kursdagi tebranishlar uzoq muddatli xavf tug‘dirmayapti.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda tabiiy dollarlashuvning pasayishi — iqtisodiy barqarorlik ortayotganining belgisi. Narxlar barqarorligi va valyuta siyosatidagi izchillik milliy valyutaga bo‘lgan ishonchni mustahkamlamoqda.
Avvalroq O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblarning 75 foizdan ortig‘i milliy valyutalarda amalga oshirilayotganini
ma’lum qilgandi.