Mirziyoyev Paragvay prezidenti bilan muzokaralar o‘tkazdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPeregovori prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva s prezidentom Paragvaya Santyago Penya
Peregovori prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva s prezidentom Paragvaya Santyago Penya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.12.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Paragvay munosabatlari yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarilmoqda.
TOShKENT, 11 dek – Sputnik. Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Paragvay prezidenti Santyago Penya rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokaralar o‘tkazishdi. Bu haqda O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPeregovori prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva s prezidentom Paragvaya Santyago Penya
Peregovori prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva s prezidentom Paragvaya Santyago Penya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.12.2025
Peregovori prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva s prezidentom Paragvaya Santyago Penya
Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Paragvay o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaUzbeksko-paragvayskie otnosheniya vivedeni na noviy etap razvitiya
Uzbeksko-paragvayskie otnosheniya vivedeni na noviy etap razvitiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.12.2025
Uzbeksko-paragvayskie otnosheniya vivedeni na noviy etap razvitiya
Mirziyoyev Paragvay rahbarini samimiy qutlar ekan, Lotin Amerikasi davlati prezidenti O‘zbekistonga ilk bor amalga oshirgan ushbu tashrif tarixiy ahamiyatga ega ekanini qayd etdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Paragvaya Santyago Penya
Prezident Paragvaya Santyago Penya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.12.2025
Prezident Paragvaya Santyago Penya
Mazkur sammit ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni rivojlantirishda yangi davrni boshlab berishi ta’kidlandi.
Muzokaralarda ikki tomonlama hamkorlikni, jumladan, savdo-iqtisodiyot, madaniy-gumanitar, ta’lim va boshqa sohalarda kengaytirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Qayd etilishicha, o‘zaro savdoni ko‘paytirish, ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va kimyo sanoati, raqamlashtirish, turizm hamda sport sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar siyosiy muloqotni yanada rivojlantirish va o‘zaro manfaatli sohalarda amaliy hamkorlikni chuqurlashtirishga tayyorligini tasdiqladilar.
Muzokaralar yakunida davlat rahbarlari Qo‘shma bayonotni imzolashdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i prezident Paragvaya Santyago Penya podpisali Sovmestnoe zayavlenie.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i prezident Paragvaya Santyago Penya podpisali Sovmestnoe zayavlenie. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.12.2025
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i prezident Paragvaya Santyago Penya podpisali Sovmestnoe zayavlenie.
Shuningdek, yetakchilar huzurida O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishi doirasida bozorga kirish masalalari bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralar yakunlangani to‘g‘risidagi bayonnoma hamda Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuv mexanizmini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida o‘zaro anglashuv memorandumini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Eslatamiz, Paragvay prezidenti Santyago Penya rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib turibdi. Oliy muzokaralardan tashqari, Paragvay yetakchisi Xalqaro avtomobil federatsiyasi Bosh assambleyasida va federatsiya shafeligida o‘tkaziladigan musobaqalar g‘oliblarini taqdirlash marosimida ham ishtirok etadi.
Yangiliklar lentasi
0