https://oz.sputniknews.uz/20251211/korruptsiyaga-qarshi-kurashish-klaster-54073960.html
Korrupsiyaga qarshi kurashish klasteri tashkil etiladi
Korrupsiyaga qarshi kurashish klasteri tashkil etiladi
Sputnik O‘zbekiston
Bu tizim Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, Hisob palatasi va Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi, idoralarning ichki nazorat bo‘linmalari, ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasida mazkur illatga qarshi kurashish bo‘yicha yaqin hamkorligini o‘rnatish va ularning sa’y-harakatlarini birlashtirishga xizmat qiladi.
2025-12-11T09:44+0500
2025-12-11T09:44+0500
2025-12-11T09:44+0500
jamiyat
o‘zbekiston
korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
korrupsiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/0b/54074120_0:133:1280:853_1920x0_80_0_0_e28b1bf89381f2366d6b5838dacb9825.jpg
TOShKENT, 11 dek — Sputnik. O‘zbekistonda Korrupsiyaga qarshi kurashish klasteri tashkil etiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev korrupsiyaga qarshi kurashish, komplayens nazoratini takomillashtirish va raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar taqdimoti bilan tanishishi chog‘ida ma’lum qilindi.Qayd etilishicha, bu tizim Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, Hisob palatasi va Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi, idoralarning ichki nazorat bo‘linmalari, ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasida mazkur illatga qarshi kurashish bo‘yicha yaqin hamkorligini o‘rnatish va ularning sa’y-harakatlarini birlashtirishga xizmat qiladi.Taqdimotda sohani raqamlashtirish va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qilish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.Turli idoralarning ma’lumot bazalarini integratsiya qilish asosida Xavf-tahlil markazini tashkil etib, korrupsion xavflarni hamda davlat xaridlarida affillanganlik holatlarini avtomatik aniqlash rejalashtirilgan.Qarorlar qabul qilishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish uchun “E-qaror” tizimida hujjatlarning ochiq e’lon qilinishi ustidan nazoratni hamda budjet mablag‘laridan foydalanishda jamoatchilik nazorati imkoniyatlarini kengaytirish topshirildi.Soha va tarmoqlarda korrupsiya omillarini bartaraf etish bo‘yicha loyiha ofislarini tashkil etish taklif qilindi. Bunda korrupsiya jinoyatlari statistikasi va burokratiya darajasi yuqori, faoliyati bo‘yicha fuqarolardan eng ko‘p murojaatlar kelib tushayotgan hamda raqamlashtirish darajasi past bo‘lgan sohalar bilan manzilli ishlash zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Bunday soha va tarmoqlarda loyiha ofislari tashkil etilib, faoliyat yakunlari bo‘yicha hisobot tayyorlanadi va jamoatchilikka e’lon qilinadi.Investitsiya loyihalarining ijrosini nazorat qiluvchi tashabbuskor guruhlarni ko‘paytirish, qurilish ishlarini nazorat qilishda mahalla faollarining ishtirokini ta’minlash taklif qilindi.Korrupsiya haqida xabar berayotganlar sonini oshirish maqsadida ularga himoya orderi berishni yo‘lga qo‘yish, rag‘batlantirishning real mexanizmini joriy etish muhimligi ta’kidlandi. “Korrupsiyaga qarshi kurashishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishonini ta’sis etish tashabbusi ilgari surildi.
https://oz.sputniknews.uz/20251006/uzbekistan-korruptsiya-kurash-hamkorlik-52490825.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/0b/54074120_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_6cf77b1ae029fe8068e3487504a02c97.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
korrupsiyaga qarshi kurashish klasteri
korrupsiyaga qarshi kurashish klasteri
Korrupsiyaga qarshi kurashish klasteri tashkil etiladi
“Korrupsiyaga qarshi kurashishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni ham ta’sis etiladi.
TOShKENT, 11 dek — Sputnik. O‘zbekistonda Korrupsiyaga qarshi kurashish klasteri tashkil etiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev korrupsiyaga qarshi kurashish, komplayens nazoratini takomillashtirish va raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar taqdimoti bilan tanishishi chog‘ida
ma’lum qilindi. Qayd etilishicha, bu tizim Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, Hisob palatasi va Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi, idoralarning ichki nazorat bo‘linmalari, ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasida mazkur illatga qarshi kurashish bo‘yicha yaqin hamkorligini o‘rnatish va ularning sa’y-harakatlarini birlashtirishga xizmat qiladi.
Klaster doirasida axborot almashish, qo‘shma tadbirlar o‘tkazish, monitoring va baholash orqali yaxlit ekotizim yaratiladi, ishlarning samaradorligi oshadi.
Taqdimotda sohani raqamlashtirish va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qilish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Turli idoralarning ma’lumot bazalarini integratsiya qilish asosida Xavf-tahlil markazini tashkil etib, korrupsion xavflarni hamda davlat xaridlarida affillanganlik holatlarini avtomatik aniqlash rejalashtirilgan.
Qarorlar qabul qilishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish uchun “E-qaror” tizimida hujjatlarning ochiq e’lon qilinishi ustidan nazoratni hamda budjet mablag‘laridan foydalanishda jamoatchilik nazorati imkoniyatlarini kengaytirish topshirildi.
Soha va tarmoqlarda korrupsiya omillarini bartaraf etish bo‘yicha loyiha ofislarini tashkil etish taklif qilindi. Bunda korrupsiya jinoyatlari statistikasi va burokratiya darajasi yuqori, faoliyati bo‘yicha fuqarolardan eng ko‘p murojaatlar kelib tushayotgan hamda raqamlashtirish darajasi past bo‘lgan sohalar bilan manzilli ishlash zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Bunday soha va tarmoqlarda loyiha ofislari tashkil etilib, faoliyat yakunlari bo‘yicha hisobot tayyorlanadi va jamoatchilikka e’lon qilinadi.
Investitsiya loyihalarining ijrosini nazorat qiluvchi tashabbuskor guruhlarni ko‘paytirish, qurilish ishlarini nazorat qilishda mahalla faollarining ishtirokini ta’minlash taklif qilindi.
Korrupsiya haqida xabar berayotganlar sonini oshirish maqsadida ularga himoya orderi berishni yo‘lga qo‘yish, rag‘batlantirishning real mexanizmini joriy etish muhimligi ta’kidlandi. “Korrupsiyaga qarshi kurashishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishonini ta’sis etish tashabbusi ilgari surildi.