O‘zbekistonda Formula-1 poygalari o‘tkazilishi mumkin: Mirziyoyev FIA rahbariyatini qabul qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal delegatsiyu Mejdunarodnoy avtomobilnoy federatsii (FIA)
Shavkat Mirziyoyev prinyal delegatsiyu Mejdunarodnoy avtomobilnoy federatsii (FIA) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.12.2025
Obuna bo‘lish
Prezident FIA delegatsiyasini qabul qilib, avtosportni rivojlantirish va hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
TOShKENT, 10 dek — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 9-dekabr kuni Toshkentda FIA Bosh assambleyasida ishtirok etish uchun kelgan Xalqaro avtomobil federatsiyasi prezidenti Muhammad bin Sulaym boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda FIA universiteti imkoniyatlaridan foydalanib, o‘zbekistonlik poygachi va kartingchilar, muhandislar, konstruktorlar va mexaniklarni tayyorlash, mamlakatda zamonaviy avtosport infratuzilmasini shakllantirish, yo‘l harakati xavfsizligini oshirish hamda kelajakda “Formula-1” kabi musobaqalar bosqichlarini o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.
Muloqot yakunida prezident Muhammad bin Sulaymni O‘zbekistonda avtosport rivojiga qo‘shgan hissasi uchun “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi.
O‘zbekiston 2019-yildan beri FIAning faol a’zosi hisoblanadi. O‘tgan yili Samarqandda tashkilotning 120-yilligiga bag‘ishlangan navbatdan tashqari Bosh assambleya o‘tgan edi. Bu yil esa 12-dekabr kuni “Humo Arena”da xorijiy mehmonlar va chempion poygachilar ishtirokida eng yaxshi sportchilar va jamoalarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.
FIA (Fédération Internationale de l'Automobile) — bu Xalqaro avtomobil federatsiyasi, dunyodagi avtosport va yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi eng nufuzli tashkilot. Formula-1, Ralli (WRC), Karting, Formula-E va boshqa chempionatlarni tashkil qiladi.
Avtosport. Formula -1. Gran-pri Rossii. Gonka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.10.2025
FIA Gala: Formula-1 poygachilari Toshkentda yig‘iladi
Yangiliklar lentasi
0