O‘zbekiston zaxiralaridagi oltin miqdori va ulushi — infografika

Obuna bo‘lish
Oltin-valyuta zaxiralaridagi oltin xajmi 12,2 mln unsiyagacha oshdi va zaxiralarning 83 foizidan ortig‘ini oltin tashkil etmoqda.
O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 1-dekabr holatiga ko‘ra 61 232,3 million dollarga yetdi. Bu ko‘rsatkich noyabrga nisbatan qariyb 2 milliard dollarga ortiq, deb xabar qildi respublika Markaziy banki.
Oltinning jismoniy hajmi ham oshib, 11,9 million troy unsiyadan 12,2 million troy unsiyaga yetdi.
Jami zaxiralarning 83 foizidan ortig‘i oltinga to‘g‘ri keladi. Noyabr oyi davomida zaxiralarning valyuta qismi 1 098,7 million dollarga kamayib, 9 815,4 million dollarni tashkil etdi.
Batafsil - Sputnik O‘zbekiston infografikasida.
Yangiliklar lentasi
0