Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Gerasimov: Rossiya qo‘shinlari deyarli barcha yo‘nalishlarda hujumni davom ettirmoqda

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishSoveshanie nachalnikov genshtabov VS gosudarstv-chlenov ShOS
Soveshanie nachalnikov genshtabov VS gosudarstv-chlenov ShOS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.12.2025
Obuna bo‘lish
Krasnoarmeyskda 200 nafardan ortiq aholi evakuatsiya qilindi, Dimitrov yo‘nalishida qurshab olish amalga oshirilgani aytildi.
TOShKENT, 9 dek – Sputnik. Rossiya armiyasi maxsus operatsiya hududida deyarli barcha yo‘nalishlarda hujum harakatlarini davom ettirmoqda. Bu haqda Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
"Birlashgan guruh qo‘shinlari deyarli barcha yo‘nalishlarda hujumni davom ettirmoqda", — dedi Gerasimov.
U Dnepropetrovsk yo‘nalishidagi "Markaz" guruhi jangchilarining jangovar vazifalarni bajarish jarayonini tekshirdi. Gerasimovning aytishicha, Krasnoarmeyskda turar joy kvartallarini ko‘zdan kechirish, tinch aholiga yordam ko‘rsatish ishlari amalga oshirilmoqda. Shahardan 200 nafardan ortiq kishi evakuatsiya qilingan.

"Aholi punkti ozod etilgandan keyin Rossiya qo‘shinlarining asosiy vazifasi — Dimitrov hududida qurshab olingan Ukraina Qurolli kuchlari tuzilmalarini yo‘q qilish. Bu vazifani 51-armiya tarkibidagi beshinchi alohida motoo‘qchi brigada bajarmoqda", — dedi Rossiya Bosh shtabi boshlig‘i.

Noyabr oyi oxirida Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Krasnoarmeysk va Dimitrovning janubiy qismi nazorat ostiga olingani haqida ma’lumot berilgan edi. Ushbu ikki aholi punkti bitta shahar aglomeratsiyasini tashkil etadi va Ukraina Qurolli kuchlarining Donbassdagi eng muhim transport tugunlaridan biri hisoblanadi.
Ta’kidlanishicha, ushbu hududning to‘liq nazoratga olinishi DXRning g‘arbiy chegaralariga chiqish, Zaporojye yo‘nalishida hujumni davom ettirish va butun tutashuv chizig‘i bo‘ylab faol harakatlar bosqichiga o‘tish imkonini beradi.
Prezident Vladimir Putin posetil odin iz punktov upravleniya Obyedinyonnoy gruppirovki voysk - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.12.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Frontdagi katta yutuq: Krasnoarmeysk va Volchansk ozod qilindi — Putinga hisobot berildi
Yangiliklar lentasi
0