https://oz.sputniknews.uz/20251209/kazakhstan-haydovchisiz-taksi-yuk-mashina-54038808.html
Qozog‘istonda 2027-yilda haydovchisiz taksilar va yuk mashinalari paydo bo‘ladi
Qozog‘istonda 2027-yilda haydovchisiz taksilar va yuk mashinalari paydo bo‘ladi
Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonda 2027-yildan haydovchisiz yuk mashinalari va taksilar harakatlana boshlaydi. Pilot loyihalar, xavfsizlik talabi va “Aqlli bojxona” kabi raqamli yechimlar joriy etilmoqda.
2025-12-09T13:10+0500
2025-12-09T13:10+0500
2025-12-09T13:13+0500
o‘zbekiston va yeoii
dunyo yangiliklari
dunyoda
raqamli texnologiyalar
yeoii
yuk
qozog‘iston
taksi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/16/38098038_0:143:3136:1907_1920x0_80_0_0_8ce992b77b01646b59d3c05fbd454a8a.jpg
TOShKENT, 9 dek – Sputnik. Qozog‘iston yo‘llarida haydovchisiz yuk mashinalari va taksilar 2027-yilda paydo bo‘ladi. Bu haqda Qozog‘iston transport vaziri Nurlan Sauranbayev ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik Kazaxstan.Haydovchisiz yuk mashinalari bo‘yicha dastlabki pilot loyihalarni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlari bilan hamkorlikda amalga oshirish rejalashtirilgan. Yangi yuk mashinalari elektr dvigatelli bo‘ladi, 24 soat tinimsiz ishlashi va haydovchisiz yuk tashishi mumkinligi qayd etilgan.Shuningdek, haydovchisiz taksi va aerotaksilar faoliyatini tartibga soluvchi qonun loyihasi allaqachon tayyor bo‘lib, kelgusi yili parlamentga kiritilishi rejalashtirilgan. Sauranbayevga ko‘ra, ushbu texnologiyalarni joriy etishda asosiy mezon — yo‘lovchilar xavfsizligi.Ma’lum qilinishicha, raqamli yechimlar joriy etilishi ham davom etmoqda: Qozog‘iston–Xitoy chegarasida haydovchisiz transport vositalari va yagona elektron deklaratsiyaga ega “Aqlli bojxona” loyihasi amalga oshirilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20250611/yandeks-ozbekiston-haydovchisiz-transport-49857197.html
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/16/38098038_203:0:2934:2048_1920x0_80_0_0_cde29e45774bd181da05e5349bc4a126.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qozog‘iston, haydovchisiz yuk mashinalari, avtonom taksi, aerotaksi, yeoii, transport vazirligi, raqamli yechimlar, aqlli bojxona, 2027-yil, avtonom transport.
qozog‘iston, haydovchisiz yuk mashinalari, avtonom taksi, aerotaksi, yeoii, transport vazirligi, raqamli yechimlar, aqlli bojxona, 2027-yil, avtonom transport.
Qozog‘istonda 2027-yilda haydovchisiz taksilar va yuk mashinalari paydo bo‘ladi
13:10 09.12.2025 (yangilandi: 13:13 09.12.2025) Mamlakat pilot loyihalarni YeOII mamlakatlari bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
TOShKENT, 9 dek – Sputnik. Qozog‘iston yo‘llarida haydovchisiz yuk mashinalari va taksilar 2027-yilda paydo bo‘ladi. Bu haqda Qozog‘iston transport vaziri Nurlan Sauranbayev ma’lum qildi, deb xabar bermoqda
Sputnik Kazaxstan.
"Biz yo‘llarni qurayotganimizda, ushbu haydovchisiz avtomobillar Qozog‘iston hududida harakatlanishi uchun infratuzilmaga zarur datchiklar o‘rnatilishini hisobga olamiz", - dedi Qozog‘iston vaziri.
Haydovchisiz yuk mashinalari bo‘yicha dastlabki pilot loyihalarni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlari bilan hamkorlikda amalga oshirish rejalashtirilgan. Yangi yuk mashinalari elektr dvigatelli bo‘ladi, 24 soat tinimsiz ishlashi va haydovchisiz yuk tashishi mumkinligi qayd etilgan.
Shuningdek, haydovchisiz taksi va aerotaksilar faoliyatini tartibga soluvchi qonun loyihasi allaqachon tayyor bo‘lib, kelgusi yili parlamentga kiritilishi rejalashtirilgan. Sauranbayevga ko‘ra, ushbu texnologiyalarni joriy etishda asosiy mezon — yo‘lovchilar xavfsizligi.
Ma’lum qilinishicha, raqamli yechimlar joriy etilishi ham davom etmoqda: Qozog‘iston–Xitoy chegarasida haydovchisiz transport vositalari va yagona elektron deklaratsiyaga ega “Aqlli bojxona” loyihasi amalga oshirilmoqda.