https://oz.sputniknews.uz/20251209/2025-yilda-10-mlrd-kvtsoat--54025916.html
O‘zbekistonda quyosh va shamol stansiyalari 10 mlrd kVt·soat energiya ishlab chiqardi
O‘zbekistonda quyosh va shamol stansiyalari 10 mlrd kVt·soat energiya ishlab chiqardi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi manbalar ulushi ortib, 2025-yil 8-dekabrgacha quyosh va shamol stansiyalari 10 mlrd kVt·soat, GES bilan birga esa 16 mlrd kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi.
2025-12-09T09:34+0500
2025-12-09T09:34+0500
2025-12-09T10:09+0500
ges
yashil energiya
jamiyat
elektr energiyasi
shamol elektr stansiyasi
quyosh elektrstansiyasi
quyosh fotoelektr stansiyasi
energetika vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/16/49501238_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_eefda4844e04bcb6be6dc27076c47874.jpg
TOShKENT, 9 dek – Sputnik. 8-dekabr soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistondagi quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 2025-yilda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi hajmi 10 mlrd kVt·soatga yetdi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunga kelib, respublikada umumiy quvvati 5 582 megavattni tashkil etuvchi quyosh va shamol elektr stansiyalari barqaror ishlab turibdi. Bu ko‘rsatkich rivojlangan mamlakatlar tajribasiga mos ravishda O‘zbekistonning qayta tiklanuvchi energiyaga o‘tish sur’atlari jadallashayotganini anglatadi.Qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanish hisobiga:Vazirlikka ko‘ra, mazkur hajm 6,6 million xonadonning bir yillik elektr iste’moliga teng.Eslatib o‘tamiz, Milliy statistika qo‘mitasi bergan ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda jami 10 244 241 ta oilalar mavjud.
https://oz.sputniknews.uz/20250829/quyosh-shamol-gidroelektr-stantsiya-elektr-energiyasi-21-chiqarilish-51584793.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/16/49501238_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_55789f8721f1d67d58ca5a19a0511beb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, quyosh energiyasi, shamol energiyasi, qayta tiklanuvchi energiya, 10 mlrd kvt·soat, 6,6 mln xonadon, energetika vazirligi, gaz tejash, ekologiya, atmosfera ifloslanishi, ges, yashil energetika.
o‘zbekiston, quyosh energiyasi, shamol energiyasi, qayta tiklanuvchi energiya, 10 mlrd kvt·soat, 6,6 mln xonadon, energetika vazirligi, gaz tejash, ekologiya, atmosfera ifloslanishi, ges, yashil energetika.
O‘zbekistonda quyosh va shamol stansiyalari 10 mlrd kVt·soat energiya ishlab chiqardi
09:34 09.12.2025 (yangilandi: 10:09 09.12.2025) O‘zbekistonda 2025-yil 8-dekabrgacha quyosh va shamol elektr stansiyalari 10 mlrd kVt·soat elektr ishlab chiqardi, bu 2024-yil 31-dekabrgacha ishlab chiqarilgan 4,8 mlrd kVt·soatdan ikki barobar ko‘p.
TOShKENT, 9 dek – Sputnik. 8 dekabr soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistondagi quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 2025-yilda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi hajmi 10 mlrd kVt·soatga yetdi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati
ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunga kelib, respublikada umumiy quvvati 5 582 megavattni tashkil etuvchi quyosh va shamol elektr stansiyalari barqaror ishlab turibdi. Bu ko‘rsatkich rivojlangan mamlakatlar tajribasiga mos ravishda O‘zbekistonning qayta tiklanuvchi energiyaga o‘tish sur’atlari jadallashayotganini anglatadi.
Qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanish hisobiga:
2,7 mlrd kub metr tabiiy gaz tejaldi;
atmosferaga chiqishi mumkin bo‘lgan 4,4 mln tonna zararli moddalarning oldi olindi.
Joriy yil boshidan 8-dekabr soat 17:00 gacha mamlakatdagi barcha gidroelektr, quyosh va shamol stansiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi hajmi 16 mlrd kVt·soatni tashkil etdi.
Vazirlikka ko‘ra, mazkur hajm 6,6 million xonadonning bir yillik elektr iste’moliga teng.
Eslatib o‘tamiz, Milliy statistika qo‘mitasi bergan
ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda jami 10 244 241 ta oilalar mavjud.