O‘zbekistonning chekka hududlarida bolalarga rus tili qanday o‘rgatilyapti?

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Toshkent viloyatidagi bog‘chalardan birida ishlayotgan tarbiyachining so‘zlariga ko‘ra, ota-onalar o‘z farzandlarining rus tilinini o‘rganishlarini juda istashadi.
TOShKENT, 8 dek – Sputnik. O‘zbekistonning chekka hududlarida ham bolalarga chet tillarida ta’lim beruvchi maktabgacha ta’lim muassasalari soni ko‘paymoqda.
Toshkent viloyatidagi qishloqlardan birida joylashgan bog‘cha bunga misol. U rus tiliga ixtisoslashgan bo‘lib, unda 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga rus tilila dars beriladi.
“Bolalarimiz bilan uch yildan beri ishlayman. Albatta, ularning rus tilini o‘rganishi juda qiyin kechapti, chunki bu yerda rusiyzabon aholi yo‘q, lekin ular ajoyib she’rlarni yodlashni juda yaxshi ko‘rishadi. Mashg‘ulotimiz davomida ular qiziqishadi va faol qatnashadi, chunki she’rlarimizni o‘yin shaklda o‘rganamiz. Bular hali kichkina bo‘lganlari uchun uzoq vaqt o‘tirib, tinmay o‘rganish ular uchun hozircha qiyin. Ammo kelajakda yanada yaxshiroq o‘rganishlariga umid qilaman”, - deydi bog‘cha tarbiyachisi Irina Shegay.
Bu bog‘cha mahalliy aholining talab va istagi asosida ochilgan bo‘lib, kichik yoshdagi qishloq bolalarining rus tilini noldan o‘rganishi uchun imkoniyat beradi. Tarbiyachining so‘zlariga ko‘ra, ota-onalar o‘z farzandlarining rus tilinini o‘rganishlarini juda istashadi.

“Bu yerda aholi, ota-onalar kelib, iltimos qilishadi: “Iltimos, bolamga rus tilini o‘rgating”. Kelajakda rus tili ularga juda katta yordam beradi deb umid qilaman. Rus tili ulug‘, u doim kerak. Umid qilamanki, bu bilim ularga foydali bo‘ladi”, - dedi Shegay.

Batafsil – Sputnik videosida.
Yangiliklar lentasi
0