O‘zbekistonda muomaladagi bank kartalari keskin ko‘paydi

© Sputnik / Baxrom XatamovDevushka s kreditnimi kartami v ruke
Devushka s kreditnimi kartami v ruke  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.12.2025
Obuna bo‘lish
Joriy yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, muomalada 63,64 millionta bank kartasi mavjud.
TOShKENT, 8 dek – Sputnik. Oxirgi uch yil ichida O‘zbekistonda muomaladagi bank plastik kartalari soni ikki baravar ko‘paydi. Bu Markaziy bank hisobotidan ma’lum bo‘ldi.
Unga ko‘ra, mamlakatda to‘lov terminallari soni sekin kamayib borayotgan bo‘lsa, bankomatlar va infokiosklar keskin ortmoqda.
Joriy yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, muomalada 63,64 million dona bank kartasi mavjud. Qiyoslash uchun 2022-yil oktabrida bu ko‘rsatkich 31,8 mln tani, 2023-yil oktabrida — 41,3 mln ta hamda 2024-yil oktabrida — 53,6 mln tani tashkil qilgan.
Oktabr oyi boshida O‘zbekistonda o‘rnatilgan to‘lov terminallari soni 430,2 mingtani tashkil etdi. Bu raqam 2024-yilga nisbatan 6 mingta, 2023-yilga nisbatan 900 ta ko‘p. Ammo 2022-yil (432,2 ming) va 2021-yil (taxminan 435 ming) ko‘rsatkichlari bilan solishtirganda, terminallar soni kamayish tendensiyasi kuzatilmoqda. Shunga qaramay, terminallar orqali amalga oshirilgan to‘lovlar hajmi oshgan:
2025 yil (yanvar–oktabr) — 318,2 trln so‘m;
2024 yil — 237,5 trln so‘m;
2023 yil — 181,5 trln so‘m.
Respublikada bankomat va infokiosklar soni uch yilda ikki baravar oshgan. Ularning soni 2022-yilda 19,3 mingta, 2025-yil oktabrida esa — 38,1 mingtani tashkil qilgan.
Devushka s kreditnoy kartoy v ruke pered noutbukom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.11.2025
Bank kartasida yangi tartib: YaTT, o‘zini band qilgan, voyaga yetmaganlar imkoniyatlari kengaydi
Yangiliklar lentasi
0