Surxondaryoda Xitoy kompaniyasi 3 ming gektarda 96 mln dollarlik paxta loyihasini boshladi

© Ministerstvo selskogo xozaystva Sozrevshiy xlopok
Sozrevshiy xlopok - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.12.2025
Obuna bo‘lish
Loyiha amalga oshishi natijasida 300 ta barqaror ish o‘rni yaratilishi va yiliga 12 million dollarlik mahsulot eksport qilinishi rejalashtirilgan
TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Termiz tumanida 3 ming gektar maydonda tomchilatib sug‘orish texnologiyasi asosida yirik ko‘lamda paxta yetishtirish va uni to‘liq sanoat zanjiri bo‘yicha chuqur qayta ishlash loyihasiga start berildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, loyihani Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan “Huamian Taifeng Termiz” MChJ amalga oshiradi.

Loyiha qiymati 96 million dollar bo‘lib, asosan mahalliy aholini ish bilan ta’minlash orqali 300 ta barqaror ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan. Shuningdek, yillik eksport hajmini 12 million dollarga yetkazish ko‘zda tutilgan.

Ta’kidlanishicha, Anhui Wende Holding Group Markaziy Osiyoda agrar sohada yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirayotgan yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi.
V Fergane startoval uzbeksko-rossiyskiy proyekt stoimostyu 50 mln dollarov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.12.2025
Yirik sex va sovutgich omborlari — Quvada Rossiya hamkorligida $50 mlnlik loyiha boshlandi.
Yangiliklar lentasi
0