Qozog‘istonda “Perm–Toshkent” avtobusi ag‘darilishida ikki o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

© Sputnik / Vasiliy Krestyaninov / Mediabankka o‘tishSituatsiya v Alma-Ate
Situatsiya v Alma-Ate - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.12.2025
Obuna bo‘lish
Qozog‘istonda yuz bergan “Perm–Toshkent” yo‘nalishidagi avtobus halokatida besh kishi vafot etdi, ulardan ikki nafari — O‘zbekiston fuqarosi
TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Qozog‘istonda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi natijasida avtobusdagi 49 yo‘lovchidan 5 nafari vafot etdi, ularning ikkitasi — O‘zbekiston fuqarolari. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2025-yil 7-dekabr kuni soat 08:57 da Aktobe viloyati Aytekebi tumanidagi respublika ahamiyatiga ega yo‘lda “Perm–Toshkent” yo‘nalishida harakatlangan “Yutong” rusumli yo‘lovchi avtobusi yon tomonga ariqqa ag‘darilib, yo‘l-transport hodisasi yuz bergan.
FVVning qayd etishicha, mas’ul vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda ishchi guruh tuzilgan bo‘lib, baxtsiz hodisa qurbonlarini O‘zbekistonga olib kelish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.
Xozirda FVV mas’ul xodimlari Qozog‘istonlik hamkasblari bilan baxtsiz hodisani kelib chiqish sabablarini o‘rganish bo‘yicha hamkorlik ishlarini olib bormoqda.
Skoraya pomosh nesotsya na vizov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.12.2025
Uch kishi vafot etdi, biri og‘ir ahvolda: Gulistondagi yong‘in bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi
Yangiliklar lentasi
0