Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Qalbaki mahsulotlarga qarshi chora: YeOII yangi raqamli markirovka qoidalarini tasdiqladi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishS 1-marta 2019 goda vvoditsya markirovka nekotorix tovarov
S 1-marta 2019 goda vvoditsya markirovka nekotorix tovarov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.12.2025
Obuna bo‘lish
Raqamli markirovka — mahsulotning haqiqiyligi va kelib chiqishini tasdiqlaydigan belgi. Qalbaki tovarlarni cheklash, iste’molchi xavfsizligiga xizmat qiladi. YeOII davlatlari uni o‘zaro tan oladi
TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) Kengashi Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) a’zo davlatlar takliflarini ko‘rib chiqib, oziq-ovqat va kosmetika mahsulotlari uchun yagona raqamli markirovka qoidalarini tasdiqladi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati xabar berdi.
Tasdiqlangan hujjatlarga muvofiq, endilikda har bir a’zo mamlakat markirovkani qachon va qanday tartibda joriy etishini mustaqil belgilaydi. Davlatlar bu haqda YeIKni kamida olti oy oldin xabardor qiladi. Yagona qoidalar tovar aylanmasida shaffoflikni oshiradi, shuningdek davlatlar bir-birining identifikatsiya vositalarini o‘zaro tan oladi.
YeIK savdo vaziri Andrey Slepnev ta’kidlaganidek, qabul qilingan qarorlar ichki bozorda to‘siqlarni kamaytirishga va tovarlarning erkin harakatlanishiga xizmat qiladi.
Mex mahsulotlari bo‘yicha ham alohida tartib belgilandi. 2026-yil 28-fevralga qadar mex buyumlarini RFID-metkalar bilan belgilashga ruxsat beriladi, undan keyin esa Data Matrix texnologiyasiga bosqichma-bosqich o‘tish rejalashtirilgan. Shu bilan birga, aylanmadagi eski mahsulotlar 2027-yil 1-martgacha sotilishi mumkin bo‘ladi.
Andrey Slepnev, ministr po torgovle Yevraziyskoy ekonomicheskoy komissii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.09.2025
O‘zbekiston va YeOII
YeOIIda tovarlarni markirovkalash tizimlarini birlashtirish masalasi muhokama etildi
Yangiliklar lentasi
0