https://oz.sputniknews.uz/20251206/toshkentda-2030-yilgacha-elektrobuslar-50-foizga-etkaziladi-53989834.html
Toshkentda 2030-yilgacha elektrobuslar ulushi 50 foizga yetkaziladi
Toshkentda 2030-yilgacha elektrobuslar ulushi 50 foizga yetkaziladi
Sputnik O‘zbekiston
Poytaytda kelgusi 4-yil ichida 16 ta yo‘l o‘tkazgich, 170 km velosiped va 200 km piyoda yo‘laklari qurish rejalashtirilgan. 06.12.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-12-06T10:27+0500
2025-12-06T10:27+0500
2025-12-06T10:27+0500
toshkent
avtobus
jamoat transporti
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/01/08/47474092_0:120:2000:1245_1920x0_80_0_0_79e033283115301e61f05746101c5b1b.jpg
TOShKENT, 6 dek — Sputnik. Toshkentda 2030-yilgacha elektrobuslar ulushi 50 foizga yetkaziladi. Bu haqida Shavkat Mirziyoyev imzolagan yangi qarorda aytib o‘tilgan, deb xabar qilmoqda prezident matbuot kotibi. Shuningdek, poytaytda 16 ta tonnel va yo‘l o‘tkazgich, 700 ta "aqlli" chorraha barpo etish, 170 km velosiped va 200 km piyoda yo‘laklari qurish rejalashtirilgan. Qarorga muvofiq poytaxtda yo‘l harakatini boshqarishning mutlaqo yangi modeli joriy etiladi. Yo‘l harakatini tashkil etish markazi tashkil etilib, u transport, piyoda va yo‘lovchi oqimlarini real vaqtda monitoring qilish, boshqarish va xavfsizlikni ta’minlash vakolatiga ega bo‘ladi.Undan tashqari yo‘l va transport infratuzilmasi uchun maxsus jamg‘arma tashkil etilib, u yerga jarimalar, "Xavfsiz shahar" tushumlari, reklama tushumlarining bir qismi yo‘naltiriladi. Ushbu mablag‘lar ITT, muhandislik yechimlari, infratuzilmaviy loyihalar, avtobus yo‘laklari va svetoforlarni modernizatsiya qilishga sarflanadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/01/08/47474092_90:0:1911:1366_1920x0_80_0_0_df27cd373252bb0aa37e0f5c142fca9e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toshkent, avtobus, jamoat transporti
toshkent, avtobus, jamoat transporti
Toshkentda 2030-yilgacha elektrobuslar ulushi 50 foizga yetkaziladi
Poytaytda kelgusi 4-yil ichida 16 ta yo‘l o‘tkazgich, 170 km velosiped va 200 km piyoda yo‘laklari qurish rejalashtirilgan.
TOShKENT, 6 dek — Sputnik. Toshkentda 2030-yilgacha elektrobuslar ulushi 50 foizga yetkaziladi. Bu haqida Shavkat Mirziyoyev imzolagan yangi qarorda aytib o‘tilgan, deb xabar qilmoqda prezident matbuot kotibi.
“2030 yilgacha jamoat transportidan foydalanish ulushini 60 foizga, elektrobuslar ulushini 50 foizga, avtobuslarning o‘rtacha harakat tezligini 18 km soatdan 24 km soatga yetkazish belgilab olindi”, - deyiladi xabarda.
Shuningdek, poytaytda 16 ta tonnel va yo‘l o‘tkazgich, 700 ta "aqlli" chorraha barpo etish, 170 km velosiped va 200 km piyoda yo‘laklari qurish rejalashtirilgan.
Qarorga muvofiq poytaxtda yo‘l harakatini boshqarishning mutlaqo yangi modeli joriy etiladi. Yo‘l harakatini tashkil etish markazi tashkil etilib, u transport, piyoda va yo‘lovchi oqimlarini real vaqtda monitoring qilish, boshqarish va xavfsizlikni ta’minlash vakolatiga ega bo‘ladi.
Undan tashqari yo‘l va transport infratuzilmasi uchun maxsus jamg‘arma tashkil etilib, u yerga jarimalar, "Xavfsiz shahar" tushumlari, reklama tushumlarining bir qismi yo‘naltiriladi. Ushbu mablag‘lar ITT, muhandislik yechimlari, infratuzilmaviy loyihalar, avtobus yo‘laklari va svetoforlarni modernizatsiya qilishga sarflanadi.