Shavkat Mirziyoyev Sadir Japarovni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev (sprava) i prezident Kirgizii Sadir Japarov pered seremoniyey sovmestnogo fotografirovaniya glav stran - uchastnis Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva (ShOS).
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev (sprava) i prezident Kirgizii Sadir Japarov pered seremoniyey sovmestnogo fotografirovaniya glav stran - uchastnis Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva (ShOS). - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.12.2025
Obuna bo‘lish
Prezidentlar ikki qo‘shni davlat orasida mustahkam aloqalar rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etishdi.
TOShKENT, 6 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovni tavallud kuni bilan tabrikladi.
Mirziyoyev telefon muloqotda Japarovga mustahkam sog‘lik, farovonlik va qardosh Qirg‘iziston xalqiga bardavom ravnaq tiladi.
Shuningdek suhbatda O‘zbekiston va Qirg‘izistonning strategik sheriklik, do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari muhokama qilindi, so‘nggi yillarda erishilgan yutuqlar mamnuniyat bilan qayd etildi.
Bugshungi kunda barcha darajada aloqalar rivojlanmoqda, tovar ayirboshlash va yuk tashish hajmi barqaror o‘sib bormoqda, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda va faol madaniy-gumanitar va hududlararo almashinuvlar olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Yirik strategik loyihalar, jumladan, “O‘zbekiston - Qirg‘iziston – Xitoy” temir yo‘li va Qambarota GES-1 qurilishi doirasidagi ishlar davom etmoqda.
Bugun Sadir Japarov 57 yoshga to‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0