Andijonda 5 mingdan ortiq “Regapen” dorisi musodara qilindi — ikki kishi qo‘lga olindi

© Sputnik / SputnikNaruchniki
Naruchniki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.12.2025
Obuna bo‘lish
Andijonda avtohalokatdan keyin 5 071 dona “Regapen” topildi. DXX va Bojxona holatni fosh etdi, ikki kishi javobgarlikka torildi.
TOShKENT, 6 dek – Sputnik. Andijon shahri hududida avtohalokatga uchragan “CHANGAN SL03” rusumli avtomashina xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, uning salonidan 5 071 dona “Regapen” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi topildi va protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotga ko‘ra, Davlat xavfsizlik xizmati Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Bojxona qo‘mitasi tomonidan Andijon viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida dorifurushlar Qirg‘izistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kirgan katta miqdordagi kuchli ta’sir qiluvchi preparatning noqonuniy aylanmasi fosh etildi. Tezkor harakatlar natijasida vositaning noqonuniy muomalaga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmadi.
Xabarda qayd etilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251 prim 1-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi gumonlanuvchi sifatida jinoyat ishiga jalb qilingan.
V Samarkande proxodit zasedanie Soveta natsionalnix koordinatorov SARIKS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.12.2025
Besh yilda 83 foizga oshgan — MOda giyohvand va sintetik moddalar bo‘yicha ma’lumot berildi
Yangiliklar lentasi
0