https://oz.sputniknews.uz/20251205/mirziyoev-energetika-muzokaralar-53983879.html
Mirziyoyev BAA, Turkiya, Ozarbayjon va Qirg‘iziston bilan energetika muzokaralari o‘tkazdi
Mirziyoyev BAA, Turkiya, Ozarbayjon va Qirg‘iziston bilan energetika muzokaralari o‘tkazdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Prezidenti BAA, Turkiya, Ozarbayjon va Qirg‘iziston energetika vazirlari bilan uchrashib, qo‘shma loyihalar, “yashil” energiya, sanoat va tranzit sohalaridagi hamkorlikni muhokama qildi.
2025-12-05T18:04+0500
2025-12-05T18:04+0500
2025-12-05T18:04+0500
o‘zbekiston
jamiyat
energetika
shavkat mirziyoyev
muloqot
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/16/49501238_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_eefda4844e04bcb6be6dc27076c47874.jpg
TOShKENT, 5 dek – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev qator mamlakatlarning energetika vazirlari va delegatsiyalari bilan uchrashib, O‘zbekistonning energetika strategiyasi, qo‘shma loyihalar va investitsiya hamkorligini muhokama qildi.Davlat rahbari BAA energetika va infratuzilmalar vaziri Suhayl al-Mazruiy boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi. Unda “Masdar”, “Etihad Water & Electricity” va “TAQA Water Solutions” rahbarlari ham ishtirok etdi. Tomonlar energetika, logistika va sanoatdagi qo‘shma loyihalarni ko‘rib chiqdi. “Masdar” bilan 1,5 mlrd dollarlik 6 loyiha amalga oshirilgani, Buxoroda SES va ESS ishga tushirilgani, Qashqadaryoda esa 600 mln dollarlik qo‘shimcha inshootlar qurilayotgani qayd etildi. BAA kompaniyalari shamol, quyosh va gidroenergetika bo‘yicha yangi rejalarni taqdim etdi.Turkiya energetika vaziri Alparslon Bayroqdor va “Aksa”, “Cengiz Energy” rahbarlari bilan uchrashuvda strategik sheriklikning rivoji ta’kidlandi. Turkiya kompaniyalari bilan umumiy quvvati 1,8 GVt bo‘lgan stansiyalar muvaffaqiyatli qurilgani aytildi. Texnik uskunalarni mahalliylashtirish, tarmoq boshqaruvini takomillashtirish, konchilik va kadrlar tayyorlash bo‘yicha yangi loyihalar muhokama qilindi.Ozarbayjon energetika vaziri Parviz Shahbozov bilan muloqotda strategik sheriklikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Savdo o‘sishi, energetikadagi samarali hamkorlik qayd etildi. Neft-gaz, geologiya, kimyo sanoati va “yashil” energiyada qo‘shma loyihalarni ilgari surish muhimligi ta’kidlandi.Qirg‘iziston energetika vaziri Taalaybek Ibrayev bilan uchrashuvda do‘stlik va strategik hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Joriy yilda tovar ayirboshlash 17 foizga oshgani qayd etildi. Elektr energiyasi yetkazib berish va tranzitda o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Suv energetikasida, xususan “Qambar-ota GES-1” bo‘yicha qo‘shma loyiha ustuvor ekani alohida ta’kidlandi.
https://oz.sputniknews.uz/20251205/energetika-obekt-loyiha-start-53969679.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/16/49501238_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_55789f8721f1d67d58ca5a19a0511beb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston energetikasi, mirziyoyev uchrashuvi, baa masdar, turkiya aksa, ozarbayjon energetika, qirg‘iziston ges, qambar-ota, investitsiyalar, qayta tiklanuvchi energiya, qo‘shma loyihalar, sanoat hamkorligi.
o‘zbekiston energetikasi, mirziyoyev uchrashuvi, baa masdar, turkiya aksa, ozarbayjon energetika, qirg‘iziston ges, qambar-ota, investitsiyalar, qayta tiklanuvchi energiya, qo‘shma loyihalar, sanoat hamkorligi.
Mirziyoyev BAA, Turkiya, Ozarbayjon va Qirg‘iziston bilan energetika muzokaralari o‘tkazdi
Prezident BAA, Turkiya, Ozarbayjon va Qirg‘iziston delegatsiyalari bilan uchrashib, energetikadagi qo‘shma loyihalar, investitsiyalar va strategik hamkorlikni muhokama qildi.
TOShKENT, 5 dek – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev qator mamlakatlarning energetika vazirlari va delegatsiyalari bilan uchrashib, O‘zbekistonning energetika strategiyasi, qo‘shma loyihalar va investitsiya hamkorligini muhokama qildi.
Davlat rahbari BAA energetika va infratuzilmalar vaziri Suhayl al-Mazruiy boshchiligidagi delegatsiya bilan
uchrashdi. Unda “Masdar”, “Etihad Water & Electricity” va “TAQA Water Solutions” rahbarlari ham ishtirok etdi. Tomonlar energetika, logistika va sanoatdagi qo‘shma loyihalarni ko‘rib chiqdi. “Masdar” bilan 1,5 mlrd dollarlik 6 loyiha amalga oshirilgani, Buxoroda SES va ESS ishga tushirilgani, Qashqadaryoda esa 600 mln dollarlik qo‘shimcha inshootlar qurilayotgani qayd etildi. BAA kompaniyalari shamol, quyosh va gidroenergetika bo‘yicha yangi rejalarni taqdim etdi.
Turkiya energetika vaziri Alparslon Bayroqdor va “Aksa”, “Cengiz Energy” rahbarlari bilan uchrashuvda strategik sheriklikning rivoji
ta’kidlandi. Turkiya kompaniyalari bilan umumiy quvvati 1,8 GVt bo‘lgan stansiyalar muvaffaqiyatli qurilgani aytildi. Texnik uskunalarni mahalliylashtirish, tarmoq boshqaruvini takomillashtirish, konchilik va kadrlar tayyorlash bo‘yicha yangi loyihalar muhokama qilindi.
Ozarbayjon energetika vaziri Parviz Shahbozov bilan
muloqotda strategik sheriklikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Savdo o‘sishi, energetikadagi samarali hamkorlik qayd etildi. Neft-gaz, geologiya, kimyo sanoati va “yashil” energiyada qo‘shma loyihalarni ilgari surish muhimligi ta’kidlandi.
Qirg‘iziston energetika vaziri Taalaybek Ibrayev bilan uchrashuvda do‘stlik va strategik hamkorlikni mustahkamlash masalalari
muhokama qilindi. Joriy yilda tovar ayirboshlash 17 foizga oshgani qayd etildi. Elektr energiyasi yetkazib berish va tranzitda o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Suv energetikasida, xususan “Qambar-ota GES-1” bo‘yicha qo‘shma loyiha ustuvor ekani alohida ta’kidlandi.