https://oz.sputniknews.uz/20251204/uzbekistan-investitsiyalar-muhokama-53930980.html
O‘zbekiston “Tan-Shan”da: AIIB, NDB, China Exim Bank bilan investitsiyalar muhokama qilindi
O‘zbekiston “Tan-Shan”da: AIIB, NDB, China Exim Bank bilan investitsiyalar muhokama qilindi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Tanshan forumi doirasida AIIB, NDB va China Exim Bank rahbarlari bilan uchrashib, infratuzilma va investitsiya loyihalarini moliyalashtirish masalalarini muhokama qildi. Ilzat Qosimov forum va uchrashuvlarda ishtirok etdi.
2025-12-04T11:47+0500
2025-12-04T11:47+0500
2025-12-04T12:02+0500
xitoy
briks (brics)
bank
mo‘g‘uliston
investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
markaziy osiyo
savdo
iqtisod
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/04/53930629_0:252:1280:972_1920x0_80_0_0_7820a86d50814bd2ec2476904fec1389.jpg
TOShKENT, 4 dek – Sputnik. O‘zbekiston delegatsiyasi Urumchidagi “Tan-Shan” forumida investitsiya loyihalari va hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi. Bu haqda O‘zbekiston Investitsiyalar investitsiyalar sanoat va savdo vazirligi xabar berdi.Xususan, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (AIIB), Yangi taraqqiyot banki (NDB) va Xitoy Eksport-import banki (China Exim Bank) rahbariyati bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish, investitsiyalarni jalb etish va hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.Shu bilan birga, Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni hukumati, Mo‘g‘uliston va xalqaro moliya institutlari vakillari bilan ham muzokaralar olib borildi.Shuningdek, u forumning “Markaziy Osiyoga investitsiyalar” sessiyasida nutq so‘zlab, O‘zbekistonning iqtisodiy siyosatdagi ustuvor yo‘nalishlari, amalga oshirilayotgan islohotlar va iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar haqida ma’lumot berdi.Ma’lumot uchun:China Exim Bank — Xitoyning davlat banki bo‘lib, eksport-import operatsiyalari, tashqi savdo, xorijiy investitsiyalar va xalqaro iqtisodiy hamkorlikni moliyalashtirish bilan shug‘ullanadi.New Development Bank (NDB) — BRICS mamlakatlari (Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika) tomonidan ta’sis etilgan bo‘lib, rivojlanayotgan iqtisodiyotlarda infratuzilma va ustuvor loyihalarni moliyalashtirishni maqsad qiladi.Asian Infrastructure Investment Bank (AIIB) — infratuzilma, transport, energetika, uy-joy va telekommunikatsiya kabi yo‘nalishlarda loyihalarni moliyalashtiruvchi xalqaro bank. Bank aksiyalarining qariyib 30 foizi Xitoyga tegishli.
https://oz.sputniknews.uz/20251201/aiib-uzbekistan-bitim-53846223.html
xitoy
mo‘g‘uliston
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/04/53930629_0:19:1281:979_1920x0_80_0_0_f523a6ee6d4a7dc4f268eb6e69018fec.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, tanshan forumi, urumchi, aiib, asian infrastructure investment bank, ndb, new development bank, china exim bank, xitoy, brics, investitsiya loyihalari, infratuzilma, xorijiy investitsiyalar, ilzat qosimov, iqtisodiy hamkorlik
o‘zbekiston, tanshan forumi, urumchi, aiib, asian infrastructure investment bank, ndb, new development bank, china exim bank, xitoy, brics, investitsiya loyihalari, infratuzilma, xorijiy investitsiyalar, ilzat qosimov, iqtisodiy hamkorlik
O‘zbekiston “Tan-Shan”da: AIIB, NDB, China Exim Bank bilan investitsiyalar muhokama qilindi
11:47 04.12.2025 (yangilandi: 12:02 04.12.2025) Urumchidagi “Tan-Shan” forumida dunyoning qator yetakchi banklari bilan istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish, investitsiyalarni jalb etish muhokama qilindi.
TOShKENT, 4 dek – Sputnik. O‘zbekiston delegatsiyasi Urumchidagi “Tan-Shan” forumida investitsiya loyihalari va hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi. Bu haqda O‘zbekiston Investitsiyalar investitsiyalar sanoat va savdo vazirligi
xabar berdi. Xususan, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (AIIB), Yangi taraqqiyot banki (NDB) va Xitoy Eksport-import banki (China Exim Bank) rahbariyati bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda istiqbolli loyihalarni moliyalashtirish, investitsiyalarni jalb etish va hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shu bilan birga, Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni hukumati, Mo‘g‘uliston va xalqaro moliya institutlari vakillari bilan ham muzokaralar olib borildi.
Uchrashuvlar Urumchi shahrida o‘tayotgan Markaziy Osiyo davlatlari bilan iqtisodiy hamkorlikka bag‘ishlangan Tan-shan forumi doirasida tashkil etildi. Forumda hamda uchrashuvlarda investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Ilzat Qosimov ishtirok etdi.
Shuningdek, u forumning “Markaziy Osiyoga investitsiyalar” sessiyasida nutq so‘zlab, O‘zbekistonning iqtisodiy siyosatdagi ustuvor yo‘nalishlari, amalga oshirilayotgan islohotlar va iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar haqida ma’lumot berdi.
China Exim Bank — Xitoyning davlat banki bo‘lib, eksport-import operatsiyalari, tashqi savdo, xorijiy investitsiyalar va xalqaro iqtisodiy hamkorlikni moliyalashtirish bilan shug‘ullanadi.
New Development Bank (NDB) — BRICS mamlakatlari (Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika) tomonidan ta’sis etilgan bo‘lib, rivojlanayotgan iqtisodiyotlarda infratuzilma va ustuvor loyihalarni moliyalashtirishni maqsad qiladi.
Asian Infrastructure Investment Bank (AIIB) — infratuzilma, transport, energetika, uy-joy va telekommunikatsiya kabi yo‘nalishlarda loyihalarni moliyalashtiruvchi xalqaro bank. Bank aksiyalarining qariyib 30 foizi Xitoyga tegishli.