https://oz.sputniknews.uz/20251204/ukraine-byudjet-harbiy-soha-53929815.html
Ukraina budjeti qabul qilindi — xarajatning 60 foizi harbiy sohaga ketadi
Ukraina budjeti qabul qilindi — xarajatning 60 foizi harbiy sohaga ketadi
Sputnik O‘zbekiston
Ukraina kelasi yil mudofaa xarajatlarini 66 mlrd dollarga yetkazadi. Budjetning 60% armiyaga yo‘naltirilib, harbiylarni ta’minlash, havo hujumidan mudofaani kuchaytirish va dron ishlab chiqarishni rivojlantirish rejalashtirilgan.
2025-12-04T10:57+0500
2025-12-04T10:57+0500
2025-12-04T11:04+0500
dunyoda
dunyo yangiliklari
ukraina
budjet
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/12/19295720_0:270:2892:1897_1920x0_80_0_0_d5f577f7acf03f7dc0f2dd5fd8f8f6f7.jpg
TOShKENT, 4 dek – Sputnik. Ukraina kelasi yili mudofaa sektoriga 66 milliard dollardan ortiq mablag‘ yo‘naltirmoqchi, bu esa barcha davlat xarajatlarining deyarli 60 foizini tashkil etadi. Bu haqda Ukraina bosh vaziri Yuliya Sviridenko ma’lum qildi.Uning aytishicha, 2025-yil budjeti mamlakat hayotini rejalashtirish, xalqaro moliyalashtirishni ta’minlash va Xalqaro valyuta jamg‘armasining 2026–2029 yillarga mo‘ljallangan yangi dasturi bo‘yicha yordam olish uchun muhim asos bo‘ladi.Rejaga ko‘ra, kelasi yil davlat budjeti daromadlari 2,92 trillion grivna (69,1 milliard dollar), xarajatlari esa 4,83 trillion grivna (114,3 milliard dollar) etib belgilangan.Ukrainaning mudofaa xarajatlari ta’lim yoki tibbiyotga ajratilayotgan mablag‘lardan o‘n barobar ko‘p.So‘nggi yillarda Kiyev rekord darajadagi taqchil budjet qabul qilmoqda va uning katta qismi G‘arb yordami hisobiga qoplanadi. 2024-yilda budjet defitsiti 43,9 milliard dollarga yetgan. 2025-yil uchun tasdiqlangan budjet esa 37,3 milliard dollarlik taqchillikni nazarda tutadi va yil davomida harbiy xarajatlar ikki marta oshirilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20250707/aqsh-ukraina-yordam-mlrd-dollar-50385576.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/12/19295720_227:0:2756:1897_1920x0_80_0_0_02b95c373bbca2515a2c7531b57561a1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ukraina, kiyev, yuliya sviridenko, ukraina budjeti, mudofaa xarajatlari, 66 milliard dollar, 2,8 trillion grivna, armiya, dronlar, harbiy sohasi, ukraina iqtisodiyoti, budjet defitsiti, g‘arb yordami, xvj, ukraina mudofaa siyosati
ukraina, kiyev, yuliya sviridenko, ukraina budjeti, mudofaa xarajatlari, 66 milliard dollar, 2,8 trillion grivna, armiya, dronlar, harbiy sohasi, ukraina iqtisodiyoti, budjet defitsiti, g‘arb yordami, xvj, ukraina mudofaa siyosati
Ukraina budjeti qabul qilindi — xarajatning 60 foizi harbiy sohaga ketadi
10:57 04.12.2025 (yangilandi: 11:04 04.12.2025) Ukraina parlamenti mamlakatning 2026-yilgi budjetini 1,9 trillion grivna (45 milliard dollar) defitsit bilan qabul qildi.
TOShKENT, 4 dek – Sputnik. Ukraina kelasi yili mudofaa sektoriga 66 milliard dollardan ortiq mablag‘ yo‘naltirmoqchi, bu esa barcha davlat xarajatlarining deyarli 60 foizini tashkil etadi. Bu haqda Ukraina bosh vaziri Yuliya Sviridenko ma’lum qildi.
Uning aytishicha, 2025-yil budjeti mamlakat hayotini rejalashtirish, xalqaro moliyalashtirishni ta’minlash va Xalqaro valyuta jamg‘armasining 2026–2029 yillarga mo‘ljallangan yangi dasturi bo‘yicha yordam olish uchun muhim asos bo‘ladi.
“Mudofaa va xavfsizlik – mutlaq ustuvor yo‘nalish. Davlat o‘z daromadlarining 100 foizini Mudofaa kuchlariga yo‘naltiradi: harbiylarni moddiy ta’minlash, ularning oilalarini qo‘llab-quvvatlash, havo hujumidan mudofaani kuchaytirish, Ukraina qurollarini, jumladan, dronlarni ishlab chiqish va ishlab chiqarishga sarflaymiz. Kelgusi yilda armiya uchun 2,8 trillion grivna ajratamiz — bu umumiy xarajatlarning qariyb 60 foizi”, — deb yozgan Sviridenko.
Rejaga ko‘ra, kelasi yil davlat budjeti daromadlari 2,92 trillion grivna (69,1 milliard dollar), xarajatlari esa 4,83 trillion grivna (114,3 milliard dollar) etib belgilangan.
Ukrainaning mudofaa xarajatlari ta’lim yoki tibbiyotga ajratilayotgan mablag‘lardan o‘n barobar ko‘p.
So‘nggi yillarda Kiyev rekord darajadagi taqchil budjet qabul qilmoqda va uning katta qismi G‘arb yordami hisobiga qoplanadi. 2024-yilda budjet defitsiti 43,9 milliard dollarga yetgan. 2025-yil uchun tasdiqlangan budjet esa 37,3 milliard dollarlik taqchillikni nazarda tutadi va yil davomida harbiy xarajatlar ikki marta oshirilgan.