Anons: Toshkentda infografika yaratish bo‘yicha SputnikPRO seminari o‘tkaziladi

© SputnikV Tashkente proydet SputnikPRO, posvashenniy sozdaniyu infografiki.
V Tashkente proydet SputnikPRO, posvashenniy sozdaniyu infografiki. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.12.2025
Obuna bo‘lish
Toshkentda infografika yaratishga bag‘ishlangan SputnikPRO seminari bo‘lib o‘tadi, unda dizayner Yaroslav Pronko amaliy bilimlar bilan o‘rtoqlashadi.
TOShKENT, 4 dek – Sputnik. 11-dekabr kuni Toshkentda infografika yaratish san’atiga bag‘ishlangan navbatdagi SputnikPRO loyihasi bo‘lib o‘tadi.
Tadbir spikeri — Sputnik O‘zbekiston tajribali dizayneri Yaroslav Pronko.
U ishtirokchilarga infografikaning mazmuni va vazifalari, vizual ma’lumotni qanday to‘g‘ri tuzish, texnik topshiriqni shakllantirishda nimalarga e’tibor qaratish kerakligi haqida amaliyotga asoslangan bilimlar taqdim etadi.
© SputnikV Tashkente proydet SputnikPRO, posvashenniy sozdaniyu infografiki
V Tashkente proydet SputnikPRO, posvashenniy sozdaniyu infografiki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.12.2025
V Tashkente proydet SputnikPRO, posvashenniy sozdaniyu infografiki
Tadbir 11-dekabr soat 15:00 da Puchon universitetining IT kampusida boshlanadi.
Manzil: Toshkent shahri, Istiqlol ko‘chasi, 7-uy.
Tadbirda ishtirok etish uchun quyidagi kontaktlar orqali yozilish mumkin:
Telefon: +998 97 190 71 78
Telegram: @alisherakimbaev
Elektron pochta: a.akimbaev@sputniknews.com
Matbuot markazi produseri: Alisher Akimbayev/
Ma’lumot uchun: SputnikPRO - Sputnik axborot agentligi tomonidan tashkil etilgan media sohasidagi xalqaro ta’limiy loyiha. Bu jurnalistlar, matbuot kotiblari, blogerlar va oliy ta’lim muassasalarining tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori kurs talabalari uchun Rossiya va xorijdagi eng yaxshi media-menejerlar, ekspertlar hamda agentlikning yetakchi mutaxassislari tomonidan o‘tkaziladigan seminarlar, ma’ruzalar va mahorat darslarining noyob tizimidir.
Jurnalistlar va mushtariylar duch kelayotgan yolg‘on ma’lumotlar: SputnikPROdan mahorat darsi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.11.2025
Jurnalist va o‘quvchilar qanday feyklarga duch kelishi mumkin: SputnikPro mahorat darsi
Yangiliklar lentasi
0