2026 yil budjet loyihasi: vazirliklar qancha mablag‘ olishi belgilandi — infografika

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning 2026-yilgi Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasiga ko‘ra, mablag‘lar 60 tadan ortiq vazirlik va idoralarga taqsimlash ko‘zda tutilgan
Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2026-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqdi.
Loyihaga ko‘ra, 2026-yilda konsolidatsiyalashgan budjet daromadlari 515,355 trillion so‘m, xarajatlari esa 566,991 trillion so‘m bo‘lishi kutilmoqda.
Yalpi ichki maxsulotning 2025-yilga nisbatan 6,6 foizga o‘sishi prognoz qilingan bo‘lib, YaIM hajmi 1 976 trillion so‘mga yetishi ko‘zda tutilgan.
Eng ko‘p mablag‘lar Iqtisodiyot va moliya vazirligiga ajratiladi — 105,9 trillion so‘m. Bu mablag‘ asosan davlat qarziga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha foiz to‘lovlari, Pensiya jamg‘armasi va hududlar budjetlariga transfertlar uchun yo‘naltiriladi.
Shuningdek, eng ko‘p mablag‘ ajratiladigan yo‘nalishlar uchligiga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (63,6 trln so‘m) hamda Suv xo‘jaligi vazirligi (10,36 trln so‘m) kiradi.
Qolgan vazirliklarga qancha mablag‘ ajratiladi - Sputnik O‘zbekiston infografikasida.
Yangiliklar lentasi
0