Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Putin Tramp bilan Budapeshtda uchrashishdan mamnun bo‘lishini ma’lum qildi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF Vladimir Putin i prezident SShA Donald Tramp
Prezident RF Vladimir Putin i prezident SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.11.2025
Obuna bo‘lish
Vengriya Ukraina mojaroni hal qilishni muhokama qilish uchun maydon taqdim etishga tayyorligini bildirdi.
TOShKENT, 28 noya – Sputnik. Agar tomonlar bunga kelishib olsa, Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik hamkasbi Donald Tramp bilan aynan Budapeshtda uchrashishdan mamnun bo‘lgan bo‘lishini mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda Rossiya rahbari Moskvada Vengriya bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
“Agar muzokaralarimiz chog‘ida ish Budapesht maydonidan foydalanishgacha yetib borsa, men ham bundan judma mamnun bo‘laman va bunga ko‘maklashishga tayyorligingiz uchun minnatdorlik bildirmoqchiman”, - dedi Putin.
Rossiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Budapeshtda Rossiya-Amerika sammitini o‘tkazishni Tramp taklif qilgan.
“U darhol dedi: Vengriya bilan bizning munosabatlarimiz yaxshi, Viktor bilan sening munosabatlaring yaxshi, mening ham, kel, bu variantni taklif qilaman”. Albatta, biz bajonidil rozi bo‘lamiz”, - dedi Putin
O‘z navbatida, Orban Vengriya Ukraina mojaroni hal qilishni muhokama qilish uchun maydon taqdim etishga tayyorligini bildirdi.
Vengriya bosh vaziri Ukraina bo‘yicha yaqinda e’lon qilingan tashabbuslar tinchlikka olib kelishiga umid bildirdi.
16 oktabr kuni Tramp Putin bilan telefon muloqotidan keyin ular tez orada Vengriya poytaxtida uchrashishga kelishib olishganini ma’lum qildi. Keyinchalik sammit qoldirildi, chunki tomonlar Ukraina mojarosini hal etish bo‘yicha ahamiyatli natijaga erishish uchun o‘z pozitsiyalarini kelisha olishmadi. Moskva va Vashington mos shart-sharoitlar yaratilgan paytda uchrashuv bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi.
 Press-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.11.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya AQSh tinchlik rejasining asosiy mazmunlarini oldi – Peskov
Yangiliklar lentasi
0