O‘zbekiston va Rossiya Strategik rivojlanish agentliklari hamkorlik rejasini imzoladi

© Press-slujba Agentstva strategicheskogo razvitiya i reform RUzAgentstva razvitiya Uzbekistana i Rossii podpisali plan na 2026 god
Agentstva razvitiya Uzbekistana i Rossii podpisali plan na 2026 god - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.11.2025
Obuna bo‘lish
Reja O‘zbekistonda “Biznikilarni bil” tanlovining ikkinchi bosqichini o‘tkazishni nazarda tutadi.
TOShKENT, 28 noya – Sputnik.O‘zbekiston Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi va Rossiya Strategik tashabbuslar agentligi o‘rtasida 2026-yilga mo‘ljallangan amaliy chora-tadbirlar rejasi imzolandi.
Hujjatni Moskvada agentliklar rahbarlari Bahodir Rahmatov va Svetlana Chupsheva imzolashdi. Ta’kidlanishicha, reja o‘zaro manfaatli aloqalarni davom ettirish va kengaytirishni nazarda tutadi.
Jumladan, reja 7 ta muhim yo‘nalishni qamrab olgan:
tadbirkorlikni rivojlantirish va mahalliy brendlarni qo‘llab-quvvatlash, “Biznikilarni bil” tanlovining ikkinchi bosqichini o‘tkazish;
kichik va o‘rta shaharlarni rivojlantirish;
shaharlar boshqaruvini raqamlashtirish;
texnologik hamkorlik bo‘yicha qo‘shma modelni shakllantirish;
ekologik farovonlik va iqlim barqarorligini ta’minlash;
daraxtzor va ko‘kalamzorlar tizimini barpo etish;
biznesning ijtimoiy kapitali standartini ishlab chiqish.
Qayd etitishicha, mazkur loyiha va dasturlar samarali tajribalarni tatbiq etib, iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, atrof-muhit va ijtimoiy sohalarni yaxshilashga xizmat qiladi.
Posol RF v Uzbekistane Aleksey Yerxov vruchil veritelnie gramoti prezidentu Shavkatu Mirziyoyevu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.11.2025
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi izchil siyosiy muloqot strategik ahamiyatga ega – Yerxov
Yangiliklar lentasi
0