DXX: 25-yil xalqaro qidiruvda bo‘lgan terroristik tashkilot a’zosi qo‘lga olindi

© Pexels / Kindel MediaNaruchniki
Naruchniki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.11.2025
Obuna bo‘lish
DXX ma’lumotiga ko‘ra, 25-yil qidiruvda bo‘lgan va Afg‘oniston, Pokiston, Suriyada jangovar harakatlarda ishtirok etgan o‘zbekistonlik xorijda ushlangan.
TOShKENT, 27 noya – Sputnik. Xalqaro terroristik tashkilotlarga aloqadorligi uchun 25-yildan ortiq vaqt davomida qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi joriy yil noyabr oyida xorijda ushlanib, O‘zbekistonga olib kelindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) matbuot xizmati xabar berdi.
© Press-slujba SGBV Uzbekistan dostavili chlena mejdunarodnoy terroristicheskoy organizatsii
V Uzbekistan dostavili chlena mejdunarodnoy terroristicheskoy organizatsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.11.2025
V Uzbekistan dostavili chlena mejdunarodnoy terroristicheskoy organizatsii
Xabarda aytilishicha, u diniy-ekstremistik oqim g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlagan, “hijrat” va “jihod” qilishni maqsad qilgan holda 1999-yilda O‘zbekistondan chiqib ketgan. U Afg‘oniston, Pokiston va Suriya hududlaridagi xalqaro terroristik tuzilmalar safida jangovar harakatlarda ishtirok etgan.
Shu vaqtga qadar o‘ziga tegishli bo‘lmagan, soxta hujjatlar asosida yashirinib yurgan ushbu shaxs MDHga a’zo davlatlardan birida qo‘lga olingan.
Ayni paytda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 154- (yollanish), 155- (terrorizm), 159- (konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilish) va boshqa moddalari bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.
Arestovanniy v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.10.2025
MDH razvedka idoralari hamkorlikda beshta teraktning oldini oldi – DXX
Yangiliklar lentasi
0