Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Putin Tramp rejasini Ukraina bo‘yicha kelishuvlar uchun ehtimoliy asos deb atadi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishPrezident RF Vladimir Putin vo vremya podxoda k predstavitelyam rossiyskix SMI.
Prezident RF Vladimir Putin vo vremya podxoda k predstavitelyam rossiyskix SMI. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.11.2025
Obuna bo‘lish
Rossiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, hozir barcha takliflarni diplomatik tilga o‘girish va aniq savollar bo‘yicha jiddiy muzokaralarga o‘tkazish darkor.
TOShKENT, 27 noya – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Amerikaning tinchlik rejasi Ukrainadagi mojaroni hal qilish bo‘yicha bo‘lajak kelishuvlar uchun asos bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi.

“Shartnoma loyihalari bo‘lmagan. Muhokama qilish va uzil-kesil shakllantirish uchun taklif qilingan savollar to‘plami edi”, - dedi Rossiya yetakchisi Qirg‘izistonga davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida.

Putinning aniqlik kiritishicha, Rossiya tomoni umuman olganda AQSh takliflari kelishuvlar asos bo‘lishi mumkinligiga rozi, biroq ayrim savollar prinsipial xususiyatga ega.
Rossiya prezidenti mamlakat takliflarni Jenevadagi uchrashuvdan keyin olgan va hamma 28 ta bandni keyinchalik muhokama qilish uchun to‘rtta bo‘limga ajratish kerakligini ta’kidladi.
Putinning qo‘shimcha qilishicha, hozir barcha takliflarni diplomatik tilga o‘girish va aniq savollar bo‘yicha jiddiy muzokaralarga o‘tkazish darkor.
Ploshad Nezavisimosti v sentre Kiyeva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.11.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
AQShning Ukraina bo‘yicha rejasi: asosiy bandlar kelishilgani ma’lum qilindi
Yangiliklar lentasi
0