Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya armiyasi DXRdagi aholi punktini ozod qildi

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishPopolnenie odnogo iz desantno-shturmovix polkov VDV provodit zanyatiya po boyevomu slajivaniyu na poligone v LNR
Popolnenie odnogo iz desantno-shturmovix polkov VDV provodit zanyatiya po boyevomu slajivaniyu na poligone v LNR - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.11.2025
Obuna bo‘lish
Rossiya qo‘shinlari DXRning Ivanopolye qishlog‘ini ozod qildi. Mudofaa vaziri Belousov jangda ishtirok etgan brigada va polk harbiylarining jasoratini e’tirof etdi.
TOShKENT, 25 noya – Sputnik. Rossiya qo‘shinlari Donesk xalq respublikasi hududidagi Ivanopolye qishlog‘i ustidan nazorat o‘rnatdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
"Janub" qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari qat’iy harakatlar natijasida Ivanopolye aholi punktini ozod qildi", — deyiladi xabarda.
© telegram sputnikuzbekistan / Mediabankka o‘tishRossiyskie voyska osvobodili Ivanpolye v DNR, soobshilo Minoboroni RF
Rossiyskie voyska osvobodili Ivanpolye v DNR, soobshilo Minoboroni RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.11.2025
Rossiyskie voyska osvobodili Ivanpolye v DNR, soobshilo Minoboroni RF
Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov ham Rossiya armiyasini Ivanopolye ozod qilinishi bilan tabrikladi. U Georgiy Pobedonoses nomidagi to‘rtinchi alohida gvardiya motoo‘qchi brigadasi, 78- va 1194-motoo‘qchi polklari harbiylarining mardlik va jasoratini alohida qayd etdi.
"Janub" qo‘shinlar guruhining hujumchilarining muvaffaqiyati Konstantinovkaning janubiy chekkalariga yaqinlashishga imkon berdi va dushmanning shahardagi holatini qiyinlashtirdi. Zarba beruvchi uchuvchisiz uchish apparatlari operatorlari Konstantinovkadagi dushmanning harbiy nishonlarini deyarli to‘siqsiz aniqlash va yo‘q qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Rabota letnogo i texnicheskogo sostava udarnoy aviatsii i poiskovo-spasatelnoy slujbi v zone provedeniya SVO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.11.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya armiyasi Zaporojye viloyatidagi qishloqni ozod etdi
Yangiliklar lentasi
0