https://oz.sputniknews.uz/20251125/putin-bishkek-tashrif-53720339.html
Putin Bishkekka uch kunlik tashrif bilan boradi — nimalar muhokama qilinadi?
Putin Bishkekka uch kunlik tashrif bilan boradi — nimalar muhokama qilinadi?
Sputnik O‘zbekiston
Putin Qirg‘izistonga davlat tashrifi bilan boradi va KXShT sammitida qatnashadi. Tashrif doirasida ikki tomonlama muzokaralar, qo‘shma bayonot va bir qator hukumatlararo hujjatlar imzolanadi.
2025-11-25T11:35+0500
2025-11-25T11:35+0500
2025-11-25T11:42+0500
vladimir putin
bishkek
tashrif
loyiha
hamkorlik
kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (kxsht)
muzokaralar
dunyoda
dunyo yangiliklari
qirg‘iziston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/0d/39940006_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_e5e6c16bba80b17b4b951e94ae0ae786.jpg
TOShKENT, 25 noya – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 25–27 noyabr kunlari Qirg‘izistonga davlat tashrifi bilan boradi. Tashrif doirasida u Bishkekda bo‘lib o‘tadigan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) sammitida ham ishtirok etadi.Putin 25-noyabr kuni Bishkekka yetib keladi. Prezidentlar Ala-Archa qarorgohida norasmiy tarzda yakkama-yakka suhbat o‘tkazadi. 26-noyabrda Rossiya–Qirg‘iziston muzokaralari o‘tkazilib, yakunlariga ko‘ra qo‘shma bayonot va bir qator hukumatlararo hamda tijoriy hujjatlar imzolanadi.Tashrifning uchinchi kuni KXShT formatidagi masalalarga bag‘ishlanadi. Sammitda Qirg‘iziston, Belarus va Tojikiston rahbarlari ishtirok etishini tasdiqlagan. Ma’lumot uchun: Rossiya Qirg‘izistonning tashqi savdosida 22,3 foiz ulush bilan ikkinchi o‘rinni egallaydi. O‘zaro hisob-kitoblarda rubl ulushi 97 foizga yetgan. Rossiya Qirg‘izistonga neft va neft mahsulotlarini bojsiz yetkazib bermoqda. “Gazprom” mamlakatni 2030-yilgacha gazlashtirish bosh sxemasini amalga oshirmoqda. “Rosatom” esa kichik quvvatli atom elektr stansiyasi qurish imkoniyatlarini o‘rganmoqda.Rossiya–Qirg‘iziston taraqqiyot jamg‘armasi hozirgacha umumiy qiymati 938 million dollarlik 3625 ta loyihani moliyalashtirgan.
https://oz.sputniknews.uz/20250820/saida-mirziyoeva-qirgiziston-prezident-uchrashuv-51372689.html
qirg‘iziston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/0d/39940006_80:0:2811:2048_1920x0_80_0_0_c2a801c04d468ce813445fe00379a1ea.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, qirg‘iziston, belarus, tojikiston, putin qirg‘izistonga tashrif, davlat tashrifi, kxsht sammiti, bishkek sammiti, ikki tomonlama muzokaralar, tashqi savdo hajmi, neft va neft mahsulotlari, gazprom gazlashtirish, rosatom atom stansiyasi, taraqqiyot jamg‘armasi loyihalari, 938 million dollarlik loyihalar, 3625 ta loyiha, rublda hisob-kitoblar,
rossiya, qirg‘iziston, belarus, tojikiston, putin qirg‘izistonga tashrif, davlat tashrifi, kxsht sammiti, bishkek sammiti, ikki tomonlama muzokaralar, tashqi savdo hajmi, neft va neft mahsulotlari, gazprom gazlashtirish, rosatom atom stansiyasi, taraqqiyot jamg‘armasi loyihalari, 938 million dollarlik loyihalar, 3625 ta loyiha, rublda hisob-kitoblar,
Putin Bishkekka uch kunlik tashrif bilan boradi — nimalar muhokama qilinadi?
11:35 25.11.2025 (yangilandi: 11:42 25.11.2025) Ikki davlat prezidentlari muzokaralar o‘tkazib, bir qator hujjatlar imzolaydi
TOShKENT, 25 noya – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 25–27 noyabr kunlari Qirg‘izistonga davlat tashrifi bilan boradi. Tashrif doirasida u Bishkekda bo‘lib o‘tadigan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) sammitida ham
ishtirok etadi.
Putin 25-noyabr kuni Bishkekka yetib keladi. Prezidentlar Ala-Archa qarorgohida norasmiy tarzda yakkama-yakka suhbat o‘tkazadi. 26-noyabrda Rossiya–Qirg‘iziston muzokaralari o‘tkazilib, yakunlariga ko‘ra qo‘shma bayonot va bir qator hukumatlararo hamda tijoriy hujjatlar imzolanadi.
Tashrifning uchinchi kuni KXShT formatidagi masalalarga bag‘ishlanadi. Sammitda Qirg‘iziston, Belarus va Tojikiston rahbarlari ishtirok etishini tasdiqlagan.
Tadbirda xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikka oid asosiy masalalar yuzasidan yagona yondashuv aks etgan hujjatlar, shu jumladan yakuniy deklaratsiya imzolanishi ko‘zda tutilgan.
Ma’lumot uchun: Rossiya Qirg‘izistonning tashqi savdosida 22,3 foiz ulush bilan ikkinchi o‘rinni egallaydi. O‘zaro hisob-kitoblarda rubl ulushi 97 foizga yetgan. Rossiya Qirg‘izistonga neft va neft mahsulotlarini bojsiz yetkazib bermoqda. “Gazprom” mamlakatni 2030-yilgacha gazlashtirish bosh sxemasini amalga oshirmoqda. “Rosatom” esa kichik quvvatli atom elektr stansiyasi qurish imkoniyatlarini o‘rganmoqda.
Rossiya–Qirg‘iziston taraqqiyot jamg‘armasi hozirgacha umumiy qiymati 938 million dollarlik 3625 ta loyihani moliyalashtirgan.