https://oz.sputniknews.uz/20251124/transplantatsiya-xulosa-tartib-53694559.html
Inson a’zolari transplantatsiyasiga xulosa berishning yangi tartibi belgilandi
Inson a’zolari transplantatsiyasiga xulosa berishning yangi tartibi belgilandi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda transplantatsiya amaliyotidan oldin retsipiyent va donorning tibbiy holati maxsus tartibda baholanadi. Ruxsat yoki rad etish tibbiy konsilium qarori bilan belgilanadi.
2025-11-24T10:01+0500
2025-11-24T10:01+0500
2025-11-24T14:22+0500
o‘zbekiston
sog‘liq
yangi qonun
tibbiyot muassasi
qaror
jamiyat
inson a’zolari va to‘qimalari transplantatsiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/01/08/41962867_0:106:1280:826_1920x0_80_0_0_d0d6450fcb62c740f94a16b10358193b.jpg
TOShKENT, 24 noya – Sputnik. O‘zbekistonda retsipiyent va donorlarni tibbiy tekshirish hamda transplantatsiya uchun tibbiy xulosa berish tartibi belgilandi. Adliya vazirligi ushbu tartibni belgilaydigan nizomni ro‘yxatdan o‘tkazdi.Nizomga muvofiq, retsipiyent va tirik donor tibbiyot muassasalarida 3 oy ichida kompleks tibbiy tekshiruvdan o‘tishi shart.Tekshiruv natijalari asosida transplantatsiyaga ruxsat berish faqat Hukumatning 2024-yil 13-iyundagi 333-son qarorida belgilangan davlat tibbiyot muassasalari qoshidagi tibbiy konsilium tomonidan amalga oshiriladi.Agar transplantatsiya amaliyoti insonning ko‘rish, nutq yoki eshitish qobiliyati yo‘qolishiga, ruhiy holatning buzilishiga yoki mehnat qobiliyatining 33 foizdan ortiq barqaror yo‘qolishiga olib kelishi ehtimoli bo‘lsa, retsipiyent va donorga ijobiy xulosa berish rad etiladi.Retsipiyent va donordan transplantatsiya amaliyotidan oldin rozilik olinadi hamda u videoyozuvga qayd etiladi.Retsipiyentlar va donorlar transplantatsiyasi amaliyotidan so‘ng 21 kungacha reabilitatsiyada bo‘ladi, reabilitatsiyadan keyin esa ular hududiy tibbiyot muassasalarida dispanser nazoratiga olinadi.Retsipiyentlar dispanser nazoratida bo‘lgan vaqtda shifokorlar tomonidan bepul immunosupressiv dori vositalari bilan ta’minlanadi.
https://oz.sputniknews.uz/20250303/donor-5-mln-pul-tartib-huquq-48214220.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/01/08/41962867_70:0:1207:853_1920x0_80_0_0_6b2074e93f508b1a4e75739de6df0e1f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
retsipiyent, donor, transplantatsiya, organ ko‘chirib o‘tkazish, tibbiy konsilium, tibbiy baholash, tibbiy xulosa, o‘zbekiston, toshkent, sog‘liqni saqlash, transplantatsiya qoidalari, donorlik, organ oluvchi, adliya vazirligi, nizom, tibbiyot muassasalari, davlat tibbiyot muassasalari.
retsipiyent, donor, transplantatsiya, organ ko‘chirib o‘tkazish, tibbiy konsilium, tibbiy baholash, tibbiy xulosa, o‘zbekiston, toshkent, sog‘liqni saqlash, transplantatsiya qoidalari, donorlik, organ oluvchi, adliya vazirligi, nizom, tibbiyot muassasalari, davlat tibbiyot muassasalari.
Inson a’zolari transplantatsiyasiga xulosa berishning yangi tartibi belgilandi
10:01 24.11.2025 (yangilandi: 14:22 24.11.2025) Yangi tartibga ko‘ra, transplantatsiya oldidan organ oluvchi va donorning tibbiy holati baholanib, amaliyotga ruxsat yoki rad etish konsilium tomonidan belgilanadi
TOShKENT, 24 noya – Sputnik. O‘zbekistonda retsipiyent va donorlarni tibbiy tekshirish hamda transplantatsiya uchun tibbiy xulosa berish tartibi belgilandi. Adliya vazirligi ushbu tartibni belgilaydigan nizomni
ro‘yxatdan o‘tkazdi.
Nizomga muvofiq, retsipiyent va tirik donor tibbiyot muassasalarida 3 oy ichida kompleks tibbiy tekshiruvdan o‘tishi shart.
Tekshiruv natijalari asosida transplantatsiyaga ruxsat berish faqat Hukumatning 2024-yil 13-iyundagi 333-son
qarorida belgilangan davlat tibbiyot muassasalari qoshidagi tibbiy konsilium tomonidan amalga oshiriladi.
Tibbiy konsilium retsipiyentda transplantatsiyaga muhtojlikni, donorda esa ushbu amaliyotga layoqatlilikni baholab, tibbiy xulosa beradi yoki uni rad etadi.
Agar transplantatsiya amaliyoti insonning ko‘rish, nutq yoki eshitish qobiliyati yo‘qolishiga, ruhiy holatning buzilishiga yoki mehnat qobiliyatining 33 foizdan ortiq barqaror yo‘qolishiga olib kelishi ehtimoli bo‘lsa, retsipiyent va donorga ijobiy xulosa berish rad etiladi.
Retsipiyent va donordan transplantatsiya amaliyotidan oldin rozilik olinadi hamda u videoyozuvga qayd etiladi.
Retsipiyentlar va donorlar transplantatsiyasi amaliyotidan so‘ng 21 kungacha reabilitatsiyada bo‘ladi, reabilitatsiyadan keyin esa ular hududiy tibbiyot muassasalarida dispanser nazoratiga olinadi.
Retsipiyentlar dispanser nazoratida bo‘lgan vaqtda shifokorlar tomonidan bepul immunosupressiv dori vositalari bilan ta’minlanadi.