https://oz.sputniknews.uz/20251124/pushilin-krasnoarmeysk-vaziyat-malumot-53712051.html
Ukraina qo‘shinlari “qozonda”: Pushilin Krasnoarmeyskdagi vaziyat haqida ma’lumot berdi
Ukraina qo‘shinlari “qozonda”: Pushilin Krasnoarmeyskdagi vaziyat haqida ma’lumot berdi
Sputnik O‘zbekiston
Pushilin “Rossiya 24”ga intervyusida Krasnoarmeyskning katta qismi Rossiya qo‘shinlari nazoratida ekanini, Ukraina qo‘shinlarining bir qator yo‘nalishlarda muvaffaqiyatsiz hujumlar uyushtirganini ma’lum qildi.
2025-11-24T19:21+0500
2025-11-24T19:21+0500
2025-11-24T19:21+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dunyo yangiliklari
denis pushilin
donesk xalq respublikasi (dxr)
ukraina
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/18/22948876_0:108:2300:1402_1920x0_80_0_0_4ad230b7d878fa3395187c44f8255970.jpg
TOShKENT, 24 noya – Sputnik. DXR rahbari Denis Pushilin “Rossiya 24” telekanaliga bergan intervyusida Krasnoarmeyskdagi vaziyat, Ukraina qo‘shinlarining qarshi hujumlari va bir qator yo‘nalishlardagi chekinishlar haqida ma’lumot berdi.Unga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlari Krasnoarmeysk–Dimitrov aglomeratsiyasini tezroq ozod etish uchun yana bir yo‘nalishdan hujumni shakllantirmoqda. Shuningdek, Pushilin Ukraina qo‘shinlarining qarshi hujumlari “muvaffaqiyatsiz” kechayotganini ta’kidladi. Konstantinovkada esa Ukraina bo‘linmalari og‘ir ahvolga tushgani aytildi.Pushilinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlari Konstantinovkaning janubi va janubi-sharqida pozitsiyalarini yaxshilagan.
https://oz.sputniknews.uz/20251124/russia-zaporizhzhia-qishloq-ozod-53704585.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/18/22948876_144:0:2156:1509_1920x0_80_0_0_1b17e9ae36ebadeb1aed403b1b5cd7be.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dxr, denis pushilin, krasnoarmeysk, ukraina qo‘shinlari, rossiya qo‘shinlari, donbass, rodinskoe, shaxovo, konstantinovka, harbiy vaziyat, “rossiya 24”, qarshi hujum
dxr, denis pushilin, krasnoarmeysk, ukraina qo‘shinlari, rossiya qo‘shinlari, donbass, rodinskoe, shaxovo, konstantinovka, harbiy vaziyat, “rossiya 24”, qarshi hujum
Ukraina qo‘shinlari “qozonda”: Pushilin Krasnoarmeyskdagi vaziyat haqida ma’lumot berdi
DXR rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlari Konstantinovkaning janubi va janubi-sharqida pozitsiyalarini ham yaxshilagan.
TOShKENT, 24 noya – Sputnik. DXR rahbari Denis Pushilin “Rossiya 24” telekanaliga bergan intervyusida Krasnoarmeyskdagi vaziyat, Ukraina qo‘shinlarining qarshi hujumlari va bir qator yo‘nalishlardagi chekinishlar haqida
ma’lumot berdi.
"Krasnoarmeysk yo‘nalishida, shaharning o‘zida, uning katta qismi hozirda Rossiya Qurolli kuchlari nazorati ostida. Dushmanni parchalash ishlari davom etmoqda. Dushman "qozonda" qamalib, jiddiy yo‘qotishlarga uchramoqda", - dedi u.
Unga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlari Krasnoarmeysk–Dimitrov aglomeratsiyasini tezroq ozod etish uchun yana bir yo‘nalishdan hujumni shakllantirmoqda.
Shuningdek, Pushilin Ukraina qo‘shinlarining qarshi hujumlari “muvaffaqiyatsiz” kechayotganini ta’kidladi.
"Dobropolye yo‘nalishida, muhim tomoni shundaki: dushman u yerga eng motivatsiyalangan bo‘linmalarini tashlayapti — ehtimol, bizning qo‘shinlarni ushlab turish uchun, boshqacha tushuntirish qiyin. Lekin Rodinskoe va Shaxovo yo‘nalishlarida dushman tomonidan olib borilayotgan harakatlar muvaffaqiyatsiz kechmoqda”, — dedi DXR rahbari.
Konstantinovkada esa Ukraina bo‘linmalari og‘ir ahvolga tushgani aytildi.
"Konstantinovka markazidagi dushman texnikani tashlab, chekinayotganda yaradorlarni tashlab ketayotgan faktlar bor", - dedi u.
Pushilinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlari Konstantinovkaning janubi va janubi-sharqida pozitsiyalarini yaxshilagan.