O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida top-5 davlat

Obuna bo‘lish
2025 yil yanvar–oktabrda O‘zbekiston eksporti 29 milliard, importi 37,5 milliard dollarga yetib, tashqi savdo balansi 8,5 milliard dollarlik manfiy saldo bilan shakllandi.
Millliy statistika agentligi ma’lumotiga ko‘ra, tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 29 mlrd dollarni tashkil etdi (2024 yil yanvar–oktabrga nisbatan 27,8 % o‘sish). Import hajmi esa 37,5 mlrd dollarga yetdi (16,9 % o‘sish).
O‘zbekiston jahonning 210 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirmoqda. Tashqi savdo aylanmasida eng katta ulush Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Turkiya va Koreya Respublikasi hissasiga to‘g‘ri keldi.
Eksport bo‘yicha asosiy hamkorlar quyidagicha: Rossiya — 12,6 %, Xitoy — 5,6 %, Qozog‘iston — 4,1 %, Afg‘oniston — 4,1 %, Turkiya — 3,2 %.
Ushbu davrda O‘zbekiston 177 ta davlatdan tovar va xizmatlar import qilgan. Importda yetakchi davlatlar — Xitoy (30,6 %), Rossiya (18,5 %), Qozog‘iston (7,3 %), Turkiya (4,0 %), Koreya Respublikasi (3,7 %).
Batafsil - Sputnik infografikasida.
Yangiliklar lentasi
0