https://oz.sputniknews.uz/20251123/krasnoyarsk-uzbekistan-hamkorlik-kelishuvlar-53691341.html
Krasnoyarsk va O‘zbekiston qator sohalarda hamkorlik bo‘yicha kelishuvlarga erishdi —tafsilotlar
Krasnoyarsk va O‘zbekiston qator sohalarda hamkorlik bo‘yicha kelishuvlarga erishdi —tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
Krasnoyarsk o‘lkasi delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif davomida qishloq xo‘jaligi, sanoat, logistika, ta’lim va turizm sohalarida qo‘shma loyihalar, eksport va biznes tashabbuslari muhokama qilindi.
2025-11-23T19:09+0500
2025-11-23T19:09+0500
2025-11-23T19:09+0500
rossiya
toshkent viloyati
surxondaryo
farg‘ona
qishloq xo‘jaligi
turizm
eksport
savdo
to‘qimachilik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/17/53691130_0:14:1280:734_1920x0_80_0_0_a1de290ad627140a68519441b11da69f.png
TOShKENT, 23 noya – Sputnik. Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasi hokimligi, vazirlik rahbarlari hamda ishbilarmon doiralar vakillaridan iborat delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi xabar berdi.Toshkent va Surxondaryoga amalga oshirilgan tashrif doirasida Krasnoyarsk o‘lkasining savdo-iqtisodiy, investitsion va turizm salohiyati taqdim etildi. Krasnoyarsk sanoat va savdo vaziri Maksim Yermakov ikki davlat o‘rtasida savdo, madaniy-gumanitar va investitsion hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanini bildirdi.Uchrashuvlarda tomonlar hamkorlikning quyidagi yo‘nalishlarini muhokama qildi:— issiqxona xo‘jaliklarini tashkil etish;— to‘qimachilik mahsulotlarini yetkazib berish;— kimyo sohasida loyihalarni amalga oshirish;— Sibir va Uzoq Sharqqa meva-sabzavotini ko‘paytirish maqsadida Krasnoyarskda ulgurji taqsimot markazini tashkil etish;— ikki tomonlama "Yo‘l xaritasi" ishlab chiqish;— 2026-yil bahorida O‘zbekistondan Krasnoyarskka biznes-missiya tashkil etish.Tashrif doirasida turizm sohasida ham muloqotlar bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi va Krasnoyarsk delegatsiyasi tomonidan "Road Show" o‘tkazish va turoperatorlar aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.Surxondaryo viloyatida mehmonlar "Ayritom" erkin iqtisodiy zonasi, "Termez Cargo Centre", universitet va yirik korxonalar faoliyati bilan tanishdilar. Shuningdek, "Ayritom" EIZda Krasnoyarsk mahsulotlari uchun ko‘rgazma paviloni ochish va keyinchalik ularni Afg‘onistonga yetkazib berish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
https://oz.sputniknews.uz/20251110/novosibirsk-klinikalar-uzbekistan-vakolatxonalar-53357703.html
surxondaryo
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/17/53691130_253:0:1280:770_1920x0_80_0_0_a14e7d124cc089b9f806d242bd0f669e.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, rossiya, krasnoyarsk o‘lkasi, toshkent, surxondaryo, sibir, uzoq sharq, afg‘oniston, "ayritom" eiz, termez cargo centre, savdo-iqtisodiy hamkorlik, eksport, logistika, qishloq xo‘jaligi, kimyo sanoati, turizm, biznes-missiya, investitsiyalar, sibir, uzbekiston, afgoniston
o‘zbekiston, rossiya, krasnoyarsk o‘lkasi, toshkent, surxondaryo, sibir, uzoq sharq, afg‘oniston, "ayritom" eiz, termez cargo centre, savdo-iqtisodiy hamkorlik, eksport, logistika, qishloq xo‘jaligi, kimyo sanoati, turizm, biznes-missiya, investitsiyalar, sibir, uzbekiston, afgoniston
Krasnoyarsk va O‘zbekiston qator sohalarda hamkorlik bo‘yicha kelishuvlarga erishdi —tafsilotlar
Krasnoyarsk o‘lkasi delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif davomida savdo, sanoat, qishloq xo‘jaligi, logistika va turizm sohalarida qo‘shma loyihalarni muhokama qildi
TOShKENT, 23 noya – Sputnik. Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasi hokimligi, vazirlik rahbarlari hamda ishbilarmon doiralar vakillaridan iborat delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi
xabar berdi.
Toshkent va Surxondaryoga amalga oshirilgan tashrif doirasida Krasnoyarsk o‘lkasining savdo-iqtisodiy, investitsion va turizm salohiyati taqdim etildi. Krasnoyarsk sanoat va savdo vaziri Maksim Yermakov ikki davlat o‘rtasida savdo, madaniy-gumanitar va investitsion hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanini bildirdi.
Krasnoyarsk ishbilarmon doiralari qishloq xo‘jaligi, qayta ishlash, kimyo sanoati, yog‘ochni qayta ishlash, transport-logistika, ta’lim va turizm yo‘nalishlarida loyihalar taklif etdi.
Uchrashuvlarda tomonlar hamkorlikning quyidagi yo‘nalishlarini muhokama qildi:
— issiqxona xo‘jaliklarini tashkil etish;
— to‘qimachilik mahsulotlarini yetkazib berish;
— kimyo sohasida loyihalarni amalga oshirish;
— Sibir va Uzoq Sharqqa meva-sabzavotini ko‘paytirish maqsadida Krasnoyarskda ulgurji taqsimot markazini tashkil etish;
— ikki tomonlama "Yo‘l xaritasi" ishlab chiqish;
— 2026-yil bahorida O‘zbekistondan Krasnoyarskka biznes-missiya tashkil etish.
Tashrif doirasida turizm sohasida ham muloqotlar bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi va Krasnoyarsk delegatsiyasi tomonidan "Road Show" o‘tkazish va turoperatorlar aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Surxondaryo viloyatida mehmonlar "Ayritom" erkin iqtisodiy zonasi, "Termez Cargo Centre", universitet va yirik korxonalar faoliyati bilan tanishdilar. Shuningdek, "Ayritom" EIZda Krasnoyarsk mahsulotlari uchun ko‘rgazma paviloni ochish va keyinchalik ularni Afg‘onistonga yetkazib berish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.