“Uchar tuya rivoyati”: Toshkentda Ulug‘bek Rajabovning shaxsiy ko‘rgazmasi ochildi

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Tomoshabinlar ijodkorning so‘nggi yillarda yaratgan 30 taga yaqin yirik hajmdagi asarlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
20 noyabr kuni Toshkent Fotosuratlar uyida O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, yosh va iste’dodli rassom Ulug‘bek Rajabovning “Uchar tuya rivoyati” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi tantanali tarzda ochildi.
Mazkur madaniy tadbir O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi hamda Toshkent Fotosuratlar uyi hamkorligida tashkil etilmoqda.
Ko‘rgazmada rassomning 30 taga yaqin rangtasvir asarlari namoyish etiladi. Rajabov bugungi kunda respublika miqyosidagi yirik ko‘rgazmalar ishtirokchisi sifatida san’at ixlosmandlariga yaxshi tanish. Uning asarlari yorqin ranglari, shakllarning plastika va ifodaviy jihatdan o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi.
Rassom o‘zining ranglar bilan ishlashdagi ichki sezgirligi va tajribasi orqali har bir asariga o‘zgacha ruh bag‘ishlaydi. Ba’zan bu tuyg‘u ona shahri Samarqandning ko‘hna sayqalidan ilhom oladi, ba’zan esa ijodkorning ichki musiqasi bilan uyg‘unlashadi. “Soyadagi qizlar”, “Bahor”, “Oqshom”, “Kuzgi kayfiyat” kabi asarlar shular jumlasidan.
© Sputnik / Baxrom Xatamov

Sado va ranglar

Sado va ranglar - Sputnik O‘zbekiston
1/18

Sado va ranglar

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Kuz

Kuz - Sputnik O‘zbekiston
2/18

Kuz

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Ustoz va shogird

Ustoz va shogird - Sputnik O‘zbekiston
3/18

Ustoz va shogird

© Sputnik / Baxrom Xatamov

To‘y

To‘y - Sputnik O‘zbekiston
4/18

To‘y

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Mehmonlari ko‘rgazma ochilishida

Mehmonlari ko‘rgazma ochilishida - Sputnik O‘zbekiston
5/18

Mehmonlari ko‘rgazma ochilishida

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Sarchashma

Sarchashma - Sputnik O‘zbekiston
6/18

Sarchashma

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Buyuk tamaddunlar

Buyuk tamaddunlar - Sputnik O‘zbekiston
7/18

Buyuk tamaddunlar

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Hurmatli ko‘rgazma mehmonlari

Hurmatli ko‘rgazma mehmonlari - Sputnik O‘zbekiston
8/18

Hurmatli ko‘rgazma mehmonlari

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Kuzgi kayfiyat

Kuzgi kayfiyat - Sputnik O‘zbekiston
9/18

Kuzgi kayfiyat

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Ranglar olamiga sho‘ng‘ish

Ranglar olamiga sho‘ng‘ish - Sputnik O‘zbekiston
10/18

Ranglar olamiga sho‘ng‘ish

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Shoxi-Zinda

Shoxi-Zinda - Sputnik O‘zbekiston
11/18

Shoxi-Zinda

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Ochilishga anshlag

Ochilishga anshlag - Sputnik O‘zbekiston
12/18

Ochilishga anshlag

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Xuzurlanish lahzasi

Xuzurlanish lahzasi - Sputnik O‘zbekiston
13/18

Xuzurlanish lahzasi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Botanika bog‘i

Botanika bog‘i - Sputnik O‘zbekiston
14/18

Botanika bog‘i

© Sputnik / Baxrom Xatamov

So‘qoq

So‘qoq - Sputnik O‘zbekiston
15/18

So‘qoq

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Selfi

Selfi - Sputnik O‘zbekiston
16/18

Selfi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Kuzning aksi

Kuzning aksi - Sputnik O‘zbekiston
17/18

Kuzning aksi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Ko‘rgazma afishasi

Ko‘rgazma afishasi - Sputnik O‘zbekiston
18/18

Ko‘rgazma afishasi

Ko‘rgazmaning asosiy qismini tashkil etuvchi yirik hajmdagi konseptual asarlar esa tomoshabinni nafaqat o‘zining ko‘lami, balki mavzu talqini bilan ham hayratga soladi. Ularda rassom qadimiy So‘g‘d madaniyatiga nafis, ehtiyotkorona va shu bilan birga zamonaviy yondashuv orqali murojaat qiladi.
Mahobatli shakllar, qadimiy ruhni aks ettiruvchi ranglar kompozitsiyalarga chuqur mazmun, tarixiy jarang va badiiy ulug‘vorlik bag‘ishlaydi. “Buyuk tamaddunlar”, “So‘g‘d go‘zallari”, “To‘y”, “Uchar tuyalar”, “Afrosiyob ishqi” — Rajabov ijodidagi ramziy va ma’nodagi eng yorqin namunalardan hisoblanadi.

“Rang – bu mening hikoya tilim. Ba’zan birgina ohang butun rivoyatni aytib berishi mumkin”, — deydi Ulug‘bek Rajabov.

Ijodkor haqida qisqacha
Ulug‘bek Rajabov 1981-yilda Samarqand viloyatining Narpay tumanida tug‘ilgan. P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik kollejini tamomlagan, so‘ng K. Behzod nomidagi MRDIda bakalavriat va magistratura bosqichlarida ta’lim olgan.
2009 yildan boshlab O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi. 2011–2021 yillarda turli ijodiy ta’lim muassasalarida dars bergan. Rassomning asarlari xalqaro va respublika ko‘rgazmalarida namoyish etilgan bo‘lib, bugungi kunda dunyoning turli davlat muzeylari va shaxsiy galereyalarida saqlanadi.
Yangiliklar lentasi
0