https://oz.sputniknews.uz/20251121/ukraina-rossiya-aqsh-53651781.html
Ukraina bo‘yicha reja Rossiya va AQSh sammitini yaqinlashtiradi – Orban
Ukraina bo‘yicha reja Rossiya va AQSh sammitini yaqinlashtiradi – Orban
Sputnik O‘zbekiston
Mazmuni G‘arb ommaviy axborot vositalariga ma’lum bo‘lgan rejaga ko‘ra, AQSh va boshqa davlatlar Rossiyaning Qrim, Donbass va Ukraina voz kechishiga to‘g‘ri keladigan bo‘lgan boshqa hududlar ustidan suverenitetini tan olishlari kerak. Buning evaziga Kiyev Amerika va Yevropa xavfsizlik kafolatlarini oladi. Ukraina qo‘shinlari olib chiqiladigan hududlarda qurolsizlantirilgan hudud tashkil etilishi rejalashtirilgan. Kiyev NATOga a’zo bo‘lishdan voz kechishi kerak.
2025-11-21T18:06+0500
2025-11-21T18:06+0500
2025-11-21T18:06+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dunyoda
dunyo yangiliklari
ukraina
aqsh
rossiya
vengriya
viktor orban
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/1f/53137991_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_cd7a6e79484b6f637e6c7001dd130f22.jpg
TOShKENT, 21 noya – Sputnik. Ukrainadagi mojaroni hal qilish bo‘yicha Amerikaning yangi rejasi AQSh va Rossiya o‘rtasida kelishuv tuzish va Budapeshtda ikki mamlakat prezidentlarining uchrashuvini o‘tkazish uchun asos bo‘lishi mumkin. Bunga Vengriya bosh vaziri Viktor Orban ishonch bildirdi.Uning fikricha, yangi Amerika rejasiga birinchi munosabat Ukraina mojarosini hal qilish bo‘yicha kelishuv tuzish imkoniyatiga umid beradi.Mazmuni G‘arb ommaviy axborot vositalariga ma’lum bo‘lgan rejaga ko‘ra, AQSh va boshqa davlatlar Rossiyaning Qrim, Donbass va Ukraina voz kechishiga to‘g‘ri keladigan bo‘lgan boshqa hududlar ustidan suverenitetini tan olishlari kerak.Buning evaziga Kiyev Amerika va Yevropa xavfsizlik kafolatlarini oladi. Ukraina qo‘shinlari olib chiqiladigan hududlarda qurolsizlantirilgan hudud tashkil etilishi rejalashtirilgan. Kiyev NATOga a’zo bo‘lishdan voz kechishi kerak.“Axios” portalining amerikalik amaldorga tayanib yozishicha, Xerson va Zaporojye viloyatlaridagi tomonlar mojarosining tutash chiziqlari muzlatiladi, Rossiya Ukrainaga ba’zi hududlarni qaytarishi kerak bo‘ladi.Ukraina armiyasi sezilarli darajada qisqartiriladi va uzoq masofali qurollardan mahrum bo‘ladi. Mamlakat hududida chet el qo‘shinlarini joylashtirish taqiqlanadi va rus tili davlatga aylanishi kerak.“Bloomberg” xabariga ko‘ra, AQShning yangi rejasi Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni bekor qilishni ham nazarda tutadi.16 oktabr kuni Tramp Putin bilan telefon muloqotidan keyin ular tez orada Vengriya poytaxtida uchrashishga kelishib olishganini ma’lum qildi. Keyinchalik sammit qoldirildi, chunki tomonlar Ukraina mojarosini hal etish bo‘yicha ahamiyatli natijaga erishish uchun o‘z pozitsiyalarini kelisha olishmadi. Moskva va Vashington mos shart-sharoitlar yaratilgan paytda uchrashuv bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi.
https://oz.sputniknews.uz/20251120/trump-ukraine-tinchlik-reja-53596522.html
ukraina
vengriya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/1f/53137991_0:0:2732:2048_1920x0_80_0_0_614d829444fdf464761ceb5f0c331456.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
aqsh rsssiya ukraina mojaro urush hal qilish tinchlik rejasi ma’lumot
aqsh rsssiya ukraina mojaro urush hal qilish tinchlik rejasi ma’lumot
Ukraina bo‘yicha reja Rossiya va AQSh sammitini yaqinlashtiradi – Orban
Vengriya bosh vazirining so‘zlariga ko‘ra, keyingi ikki-uch hafta hal qiluvchi bo‘ladi.
TOShKENT, 21 noya – Sputnik. Ukrainadagi mojaroni hal qilish bo‘yicha Amerikaning yangi rejasi AQSh va Rossiya o‘rtasida kelishuv tuzish va Budapeshtda ikki mamlakat prezidentlarining uchrashuvini o‘tkazish uchun asos bo‘lishi mumkin. Bunga Vengriya bosh vaziri Viktor Orban ishonch bildirdi.
“Endi 28 ta banddan iborat va rasman Ukrainaga topshirilgan Amerikaning tinchlik rejasi mavjudligi rasman tasdiqlandi. Ushbu tinchlik rejasida ruslar va amerikaliklar ilgari bir-birlari bilan muhokama qilgan takliflar mavjud. O‘ylaymanki, keyingi ikki-uch hafta hal qiluvchi bo‘ladi”, - dedi Orban “
Kossuth” radiosi efirida.
Uning fikricha, yangi Amerika rejasiga birinchi munosabat Ukraina mojarosini hal qilish bo‘yicha kelishuv tuzish imkoniyatiga umid beradi.
“Nimadir boshlanyapti. Budapesht tinchlik sammiti yaqinlashmoqda”, - dedi siyosatchi.
Mazmuni G‘arb ommaviy axborot vositalariga ma’lum bo‘lgan rejaga ko‘ra, AQSh va boshqa davlatlar Rossiyaning Qrim, Donbass va Ukraina voz kechishiga to‘g‘ri keladigan bo‘lgan boshqa hududlar ustidan suverenitetini tan olishlari kerak.
Buning evaziga Kiyev Amerika va Yevropa xavfsizlik kafolatlarini oladi. Ukraina qo‘shinlari olib chiqiladigan hududlarda qurolsizlantirilgan hudud tashkil etilishi rejalashtirilgan. Kiyev NATOga a’zo bo‘lishdan voz kechishi kerak.
“Axios” portalining amerikalik amaldorga tayanib yozishicha, Xerson va Zaporojye viloyatlaridagi tomonlar mojarosining tutash chiziqlari muzlatiladi, Rossiya Ukrainaga ba’zi hududlarni qaytarishi kerak bo‘ladi.
Ukraina armiyasi sezilarli darajada qisqartiriladi va uzoq masofali qurollardan mahrum bo‘ladi. Mamlakat hududida chet el qo‘shinlarini joylashtirish taqiqlanadi va rus tili davlatga aylanishi kerak.
“Bloomberg” xabariga ko‘ra, AQShning yangi rejasi Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni bekor qilishni ham nazarda tutadi.
16 oktabr kuni Tramp Putin bilan telefon muloqotidan keyin ular tez orada Vengriya poytaxtida uchrashishga kelishib olishganini ma’lum qildi. Keyinchalik sammit qoldirildi, chunki tomonlar Ukraina mojarosini hal etish bo‘yicha ahamiyatli natijaga erishish uchun o‘z pozitsiyalarini kelisha olishmadi. Moskva va Vashington mos shart-sharoitlar yaratilgan paytda uchrashuv bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi.