https://oz.sputniknews.uz/20251121/toshkent-primakov-oqishlari-53656864.html
Toshkentda “Primakov o‘qishlari” xalqaro forumining sayyor yig‘ilishi o‘tkazildi
Toshkentda “Primakov o‘qishlari” xalqaro forumining sayyor yig‘ilishi o‘tkazildi
Sputnik O‘zbekiston
Yevgeniy Primakov - mashhur rossiyalik siyosatchi, diplomat, olim va davlat arbobi. U Rossiya bosh vaziri, Tashqi razvedka xizmati rahbari va tashqi ishlar vaziri kabi muhim lavozimlarda ishlagan. “Primakov o‘qishlari” g‘oyasi - Primakovning xalqaro siyosat va iqtisodiyotda ekspert sifatidagi merosini asrash, dunyoning dolzarb muammolarini muhokama qilish hamda uning diplomatik yondashuvlari asosida yechimlar topishdan iborat.
2025-11-21T18:48+0500
2025-11-21T18:48+0500
2025-11-21T18:48+0500
jamiyat
toshkent
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/15/53654062_0:256:2730:1792_1920x0_80_0_0_44d18f5b2db4b46f03b21858d5fde39f.jpg
TOShKENT, 21 noya – Sputnik. O‘zbekiston poytaxtida xalqaro munosabatlar, jahon iqtisodiyoti va global xavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan Rossiyaning eng yirik ilmiy-ekspert anjumani “Primakov o‘qishlari”ning sayyor formati bo‘lib o‘tdi. Mazkur forum o‘n bir yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda, ko‘chma majlislar esa uchinchi marta tashkil etildi - ilgari ular Yerevan va Sofiyada bo‘lib o‘tgan, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.Yevgeniy Primakov - mashhur rossiyalik siyosatchi, diplomat, olim va davlat arbobi. U Rossiya bosh vaziri, Tashqi razvedka xizmati rahbari va tashqi ishlar vaziri kabi muhim lavozimlarda ishlagan. “Primakov o‘qishlari” g‘oyasi - Primakovning xalqaro siyosat va iqtisodiyotda ekspert sifatidagi merosini asrash, dunyoning dolzarb muammolarini muhokama qilish hamda uning diplomatik yondashuvlari asosida yechimlar topishdan iborat.Rossiya Fanlar akademiyasi E.M. Primakov nomidagi Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar instituti prezidenti, akademik Aleksandr Dinkin bugungi kunda Markaziy Osiyo mamlakatlarining “sovet davlatidan keyingi makondagi eng tinch va jadal rivojlanayotgan mintaqa” ekanligini ta’kidladi. Uning aytishicha, bu hududda ishonch va yaxshi qo‘shnichilik muhiti shakllanmoqda. 2025-yil mart oyida imzolangan va O‘zbekiston, Qirg‘iziston hamda Tojikiston o‘rtasidagi chegaralarni mustahkamlagan Xo‘jand deklaratsiyasi alohida ahamiyat kasb etmoqda.Dinkinning ta’kidlashicha, O‘zbekiston va Qozog‘istonning xalqaro maydondagi nufuzi BRIKS bilan hamkorlik tufayli ortib bormoqda.RFA JIXMI (Rossiya Fanlar akademiyasining Primakov nomidagi Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar instituti) direktori, Rossiya Fanlar akademiyasining muxbir a’zosi Fodor Voytolovskiy Yevgeniy Primakovning g‘oyalariga tayanib, dunyoning ko‘p markazlik sari harakatlanayotganini ta’kidladi.Xalqaro munosabatlarda politsentriklik (ko‘p markazlik) bir necha mamlakat yoki mintaqalarning global jarayonlarga taxminan teng ta’sir ko‘rsatadigan tizimni anglatadi.Voytoloskiyning so‘zlariga ko‘ra, Moskva Rossiyani xavfsizlik, harbiy-texnik hamkorlik, madaniyat, fan va ta’lim sohalarida asosiy hamkor deb biladigan O‘zbekistonning strategik tanlovini qadrlamoqda.RFA JIXMI Markaziy Osiyo bo‘limi rahbari Stanislav Pritchin O‘zbekistonning mintaqadagi alohida rolini ta’kidladi.U 2022-yildan keyin xalqaro S5+ formatlarining faollashuvi global o‘yinchilarning mintaqaga qiziqishi tobora ortib borayotganini aks ettiradi. Shu bilan birga, uning aytishicha, Markaziy Osiyoda barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashda Rossiya va Xitoy asosiy hamkorlar bo‘lib qolmoqda.Toshkentdagi munozara nafaqat Markaziy Osiyoni qamrab oldi. Mutaxassislar bugungi kunda Sovuq urush davridan beri eng og‘ir bosqichlardan birini boshdan kechirayotgan Rossiya-AQSh munosabatlarini muhokama qildilar. Ta’kidlanishicha, hozirgi vaziyat ikki tomonlama aloqalar tarixidagi eng past nuqta bo‘lishi mumkin, biroq ziddiyatlar nihoyasiga yetish xususiyatiga ega. Ishtirokchilarning fikricha, Donald Tramp ma’muriyati o‘tmishdoshlariga nisbatan Moskva bilan muloqotga ko‘proq moslashuvchanlik va tayyorlikni namoyon etmoqda, bu esa siyosiy-diplomatik tartibga solish va xavfsizlik sohasidagi xatarlarni kamaytirishga umid uyg‘otadi. Shuningdek, Rossiya strategik va yuqori texnologiyali sohalarda AQSh bilan taqqoslanadigan harbiy salohiyatga ega bo‘lib, o‘z manfaatlarini himoya qilishga tayyorligini ko‘rsatgani qayd etildi. Mutaxassislarning fikricha, bu Vashingtonda yanada oqilona fikrlashni rag‘batlantirishi mumkin.Bundan tashqari, Xitoy va Hindistonning xalqaro munosabatlarning yangi me’morchiligini shakllantirishdagi ta’siri muhokama qilindi. Ishtirokchilar ushbu yirik davlatlarning Markaziy Osiyo bilan o‘zaro hamkorligi kelgusi o‘n yilliklarda kuchlar muvozanatini belgilab berishini ta’kidladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/15/53654062_0:0:2730:2048_1920x0_80_0_0_c3d398c1cc378311bdca1ff74d9b7313.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yevgeniy primakov ma’lumot o‘qishlari
yevgeniy primakov ma’lumot o‘qishlari
Toshkentda “Primakov o‘qishlari” xalqaro forumining sayyor yig‘ilishi o‘tkazildi
Eksklyuziv
Toshkent uchrashuvining mavzusi “Markaziy Osiyo: mintaqaviy taraqqiyot uchun global muammolar” bo‘ldi.
TOShKENT, 21 noya – Sputnik. O‘zbekiston poytaxtida xalqaro munosabatlar, jahon iqtisodiyoti va global xavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan Rossiyaning eng yirik ilmiy-ekspert anjumani “Primakov o‘qishlari”ning sayyor formati bo‘lib o‘tdi. Mazkur forum o‘n bir yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda, ko‘chma majlislar esa uchinchi marta tashkil etildi - ilgari ular Yerevan va Sofiyada bo‘lib o‘tgan, deya xabar berdi
Sputnik muxbiri.
Yevgeniy Primakov - mashhur rossiyalik siyosatchi, diplomat, olim va davlat arbobi. U Rossiya bosh vaziri, Tashqi razvedka xizmati rahbari va tashqi ishlar vaziri kabi muhim lavozimlarda ishlagan. “Primakov o‘qishlari” g‘oyasi - Primakovning xalqaro siyosat va iqtisodiyotda ekspert sifatidagi merosini asrash, dunyoning dolzarb muammolarini muhokama qilish hamda uning diplomatik yondashuvlari asosida yechimlar topishdan iborat.
Rossiya Fanlar akademiyasi E.M. Primakov nomidagi Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar instituti prezidenti, akademik Aleksandr Dinkin bugungi kunda Markaziy Osiyo mamlakatlarining “sovet davlatidan keyingi makondagi eng tinch va jadal rivojlanayotgan mintaqa” ekanligini ta’kidladi. Uning aytishicha, bu hududda ishonch va yaxshi qo‘shnichilik muhiti shakllanmoqda. 2025-yil mart oyida imzolangan va O‘zbekiston, Qirg‘iziston hamda Tojikiston o‘rtasidagi chegaralarni mustahkamlagan Xo‘jand deklaratsiyasi alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Dinkinning ta’kidlashicha, O‘zbekiston va Qozog‘istonning xalqaro maydondagi nufuzi BRIKS bilan hamkorlik tufayli ortib bormoqda.
“Asr o‘rtalariga kelib aholisi 100 millionga yetadigan Markaziy Osiyo, shubhasiz, nufuzli mintaqaga aylanadi”, – dedi Dinkin.
RFA JIXMI (Rossiya Fanlar akademiyasining Primakov nomidagi Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar instituti) direktori, Rossiya Fanlar akademiyasining muxbir a’zosi Fodor Voytolovskiy Yevgeniy Primakovning g‘oyalariga tayanib, dunyoning ko‘p markazlik sari harakatlanayotganini ta’kidladi.
Xalqaro munosabatlarda politsentriklik (ko‘p markazlik) bir necha mamlakat yoki mintaqalarning global jarayonlarga taxminan teng ta’sir ko‘rsatadigan tizimni anglatadi.
“Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlari politsentriklik (ko‘p markazlik) dunyoni shakllantirish haqida ancha vaqtdan beri o‘ylab kelmoqda va bunday dunyo barchaga foyda keltiradi deb o‘ylaymiz”, - dedi Dinkin.
Voytoloskiyning so‘zlariga ko‘ra, Moskva Rossiyani xavfsizlik, harbiy-texnik hamkorlik, madaniyat, fan va ta’lim sohalarida asosiy hamkor deb biladigan O‘zbekistonning strategik tanlovini qadrlamoqda.
RFA JIXMI Markaziy Osiyo bo‘limi rahbari Stanislav Pritchin O‘zbekistonning mintaqadagi alohida rolini ta’kidladi.
“O‘zbekiston Markaziy Osiyoning tayanch davlatidir”, – dedi mutaxassis.
U 2022-yildan keyin xalqaro S5+ formatlarining faollashuvi global o‘yinchilarning mintaqaga qiziqishi tobora ortib borayotganini aks ettiradi. Shu bilan birga, uning aytishicha, Markaziy Osiyoda barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashda Rossiya va Xitoy asosiy hamkorlar bo‘lib qolmoqda.
Toshkentdagi munozara nafaqat Markaziy Osiyoni qamrab oldi. Mutaxassislar bugungi kunda Sovuq urush davridan beri eng og‘ir bosqichlardan birini boshdan kechirayotgan Rossiya-AQSh munosabatlarini muhokama qildilar. Ta’kidlanishicha, hozirgi vaziyat ikki tomonlama aloqalar tarixidagi eng past nuqta bo‘lishi mumkin, biroq ziddiyatlar nihoyasiga yetish xususiyatiga ega. Ishtirokchilarning fikricha, Donald Tramp ma’muriyati o‘tmishdoshlariga nisbatan Moskva bilan muloqotga ko‘proq moslashuvchanlik va tayyorlikni namoyon etmoqda, bu esa siyosiy-diplomatik tartibga solish va xavfsizlik sohasidagi xatarlarni kamaytirishga umid uyg‘otadi.
Shuningdek, Rossiya strategik va yuqori texnologiyali sohalarda AQSh bilan taqqoslanadigan harbiy salohiyatga ega bo‘lib, o‘z manfaatlarini himoya qilishga tayyorligini ko‘rsatgani qayd etildi. Mutaxassislarning fikricha, bu Vashingtonda yanada oqilona fikrlashni rag‘batlantirishi mumkin.
Bundan tashqari, Xitoy va Hindistonning xalqaro munosabatlarning yangi me’morchiligini shakllantirishdagi ta’siri muhokama qilindi. Ishtirokchilar ushbu yirik davlatlarning Markaziy Osiyo bilan o‘zaro hamkorligi kelgusi o‘n yilliklarda kuchlar muvozanatini belgilab berishini ta’kidladi.