Krasnoyarsk o‘lkasi Toshkentda hamkorlikning yangi imkoniyatlarini namoyish etdi

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Mintaqa va O‘zbekiston orasidagi hamkorlik salohiyati, Krasnoyarsk o‘lkasi nimalarga boy hamda kutilayotgan tadbirlar haqida batafsil Sputnik materialida.
TOShKENT, 21 noya – Sputnik. Krasnoyarsk o‘lkasi vakillari Toshkentda Rossiya mintaqasining salohiyatini taqdim etib, asosiy investitsiya loyihalari, sanoatni rivojlantirish, eksport istiqbollari va O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirishning yangi usullari haqida ma’lumot berdi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.
© SputnikKrasnoyarskiy kray predstavil v Tashkente novie vozmojnosti dlya sotrudnichestva.
Krasnoyarskiy kray predstavil v Tashkente novie vozmojnosti dlya sotrudnichestva. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.11.2025
Krasnoyarskiy kray predstavil v Tashkente novie vozmojnosti dlya sotrudnichestva.
Tadbirda davlat idoralari xodimlari, tadbirkorlar va turli sohalar mutaxassislari ishtirok etdi.
Krasnoyarsk o‘lkasi - Rossiyaning ikkinchi yirik subyekti. U yalpi hududiy mahsulot (YaHM) hajmi bo‘yicha yetakchilar qatoriga kiradi va mamlakatning eng yirik sanoat hududlaridan biri hisoblanadi. Bu yerda platina guruhidagi metallarning 98 foizi, Rossiya nikelining 80 foizdan ortig‘i, misning qariyb 40 foizi, birlamchi alyuminiyning 30 foizdan ko‘prog‘i, Rossiyadagi oltinning 23 foizdan ortig‘i ishlab chiqariladi.
© SputnikKrasnoyarskiy kray predstavil v Tashkente novie vozmojnosti dlya sotrudnichestva.
Krasnoyarskiy kray predstavil v Tashkente novie vozmojnosti dlya sotrudnichestva. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.11.2025
Krasnoyarskiy kray predstavil v Tashkente novie vozmojnosti dlya sotrudnichestva.
Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakolatxonasi o‘rinbosari Igor Kamininning ta’kidlashicha, bugungi kunda O‘zbekiston Rossiyaning asosiy savdo-iqtisodiy hamkorlaridan biridir.
“Respublika atigi to‘rt yil ichida Rossiyaning savdo hamkorlari reytingida 25-o‘rindan 10-o‘ringa ko‘tarildi. Rossiya O‘zbekiston meva-sabzavot va to‘qimachilik mahsulotlarining eng yirik xaridori bo‘lib, o‘z navbatida O‘zbekiston bozoriga qora va rangli metallurgiya mahsulotlarini, jumladan alyuminiyni yetkazib bermoqda”, – dedi Kaminin.
Krasnoyarsk o‘lkasi kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi rahbari Roman Martinov Rossiya mintaqasi O‘zbekistondagi biznes hamkorlarga taklif qilishga tayyor bo‘lgan majmuaviy chora-tadbirlar haqida gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Krasnoyarsk o‘lkasi aniq so‘rovlar bo‘yicha yetkazib beruvchilarning individual to‘plamlarini shakllantirishi, korxonalar haqida batafsil ma’lumot berishi, professional hamrohlik va tarjima bilan biznes muzokaralarini tashkil etishi, jihozlangan muzokara maydonchalari bilan ta’minlashi, shuningdek, delegatsiyalarning yashash va ko‘chib o‘tish xarajatlarini qoplashi mumkin.
“Biz iloji boricha ochiqmiz va hamkorlarning tashriflarini samarali hamda kam xarajatlikxta bo‘lishiga intilamiz”, - dedi Martinov.
Qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlik istiqbollari ham belgilab olindi. Krasnoyarsk o‘lkasi qishloq xo‘jaligi vaziri Dmitriy Voropayevning aytishicha, mintaqa O‘zbekistondan meva-sabzavot va ziravorlar olishdan manfaatdor, o‘z navbatida, qayta ishlangan mahsulotlar eksportini kengaytirishga tayyor. Mintaqada no‘xat yetishtirishning ko‘payishi natijasida, uning eksport hajmi 2025-yilda deyarli 6 ming tonnaga yetdi. Yuqori sifatli don tashqi bozorlarda talabga ega bo‘lgan un ishlab chiqarish imkonini bermoqda.
© SputnikKrasnoyarskiy kray predstavil v Tashkente novie vozmojnosti dlya sotrudnichestva.
Krasnoyarskiy kray predstavil v Tashkente novie vozmojnosti dlya sotrudnichestva. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.11.2025
Krasnoyarskiy kray predstavil v Tashkente novie vozmojnosti dlya sotrudnichestva.
Bundan tashqari, o‘lka har yili bug‘doy kepagi yetkazib berishni oshirib bormoqda - joriy yilda bu ko‘rsatkich 9 ming tonnadan oshdi. Omixta yem ishlab chiqarishni 245 ming tonnaga yetkazish rejalashtirilgan bo‘lib, o‘zbekistonlik hamkorlar qiziqish bildirsa, mintaqa un va omixta yem ishlab chiqarish uchun qo‘shimcha quvvatlar yaratish masalasini ko‘rib chiqishga tayyor.
Toshkentdagi taqdimotda ta’lim dasturi alohida bo‘lim sifatida taqdim etildi. Krasnoyarsk davlat agrar universitetining strategik rivojlanish bo‘yicha prorektori Mariya Ozerova universitet Rossiyaning yetakchi agrar oliy o‘quv yurtlari qatoriga kirishini va xorijiy talabalarni faol ravishda jalb qilayotganini ta’kidladi.
Bugungi kunda KrasGAUda 9 mingdan ortiq talaba tahsil olmoqda, u yerda til kurslari bilan birgalikda tayyorlov bo‘limi, yozgi va qishki maktablar, shuningdek, akademik mobillik va amaliyot dasturlari mavjud. Universitet zamonaviy infratuzilma va yuqori darajadagi ta’lim sifatini taklif etadi, bu esa O‘zbekiston va boshqa mamlakatlardan kelgan abituriyentlar uchun ta’limni jozibador qiladi.
Taqdimotda mintaqaning sayyohlik salohiyatiga alohida e’tibor qaratildi. Turizm agentligi rahbari Yelena Nedbaylo mintaqada sayyohlar soni ko‘payib borayotgani va etnomadaniy yo‘nalishlarga qiziqish ortayotganini ma’lum qildi. Eng ko‘p talab qilinadigan yo‘nalishlar orasida Shushenskdagi “Novaya derevnya” majmuasiga ega etnografiya muzeyi bor, bu yerda mehmonlar an’anaviy hayotni boshdan kechirishlari va rus pechida tunashlari mumkin. Shuningdek, 2025-yilda 80 mingdan ortiq tashrif buyuruvchini jalb etgan “Sibir dunyosi” xalqaro etnik musiqa va hunarmandchilik festivali ham mashhur yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.
© SputnikKrasnoyarskiy kray predstavil v Tashkente novie vozmojnosti dlya sotrudnichestva.
Krasnoyarskiy kray predstavil v Tashkente novie vozmojnosti dlya sotrudnichestva. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.11.2025
Krasnoyarskiy kray predstavil v Tashkente novie vozmojnosti dlya sotrudnichestva.
2025 yil yanvaridan boshlab mintaqada 2030-yilgacha turizmni rivojlantirish davlat dasturi amalga oshirilmoqda, ushbu dastur uch yulduzdan besh yulduzgacha bo‘lgan toifadagi mehmonxonalar qurilishini nazarda tutadi. 15-dekabr kuni Krasnoyarskda “Rossiya” milliy markazining filiali ochiladi. Bu yangi maydon mintaqa yutuqlarini namoyish etish uchun xizmat qiladi. 2028-yilda Krasnoyarskning 400-yilligini nishonlash katta voqeaga aylanadi.
“Ammo har yili kelish yaxshiroq”, - dedi Nedbaylo.
Taqdimot doirasida turizm sohasidagi kadrlar tayyorlash tizimi ham taqdim etildi. Nedbayloning aytishicha, Sibir federal universitetining Gastronomiya instituti kelajakdagi bosh oshpazlar, qandolatchilar, turizm, mehmonxona xo‘jaligi va gastronomik menejment bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlamoqda. Universitet, jumladan, O‘zbekiston ham, turli mamlakatlardan abituriyentlarni qabul qiladi va xalqaro darajadagi mutaxassislarni tayyorlash uchun zamonaviy ta’lim bazasini taqdim etadi.
Igor Kamininning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston bozori o‘sishni, iste’mol hajmini oshirishni va iste’molchilarning afzalliklarini o‘zgartirishni davom ettiradi.
“Shuning uchun, O‘zbekistonga tez-tez tashrif buyurish, oddiy insoniy muloqot va uchrashuvlarni qadrlab, e’tibor berish muhimdir”, - deya xulosa qildi u.
Yangiliklar lentasi
0