Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOII global oziq-ovqat ta’minotini mustahkamlashga sezilarli hissa qo‘shmoqda - Goar Barsegan

© Press-slujba YeEK Goar Barsegan provela rabochuyu vstrechu s pervim zamestitelem generalnogo direktora FAO Mauritsio Martina.
Goar Barsegan provela rabochuyu vstrechu s pervim zamestitelem generalnogo direktora FAO Mauritsio Martina. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.11.2025
Obuna bo‘lish
YeIK vazirining so‘zlariga ko‘ra, Ittifoq bug‘doy, kungaboqar yog‘i va muzlatilgan baliqlarning dunyodagi yetakchi eksportchisi.
TOShKENT, 21 noya – Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) global oziq-ovqat ta’minotini mustahkamlashga sezilarli hissa qo‘shmoqda. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) sanoat va agrosanoat kompleksi vaziri Goar Barsegan ma’lum qildi.
"Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlari global oziq-ovqat ta’minotining muhimligini anglab, jahon agrar bozoriga yuqori sifatli mahsulotlar yetkazib berish orqali ocharchilikka qarshi kurashga katta hissa qo‘shmoqda. Ittifoq bug‘doy, kungaboqar yog‘i va muzlatilgan baliqlarning dunyodagi yetakchi eksportchisi, bug‘doy uni va raps yog‘ining ikkinchi yirik eksportchisi, arpa va shrot bo‘yicha uchinchi o‘rinda turadi”, - dedi vazir BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining (FAO) Rimdagi qarorgohidagi yig‘ilishda.
Goar Barsegian FAO bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Mauritsio Martin bilan uchrashdi.
Tomonlar agrosanoat majmuasida o‘zaro hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini, shu jumladan, a’zo davlatlar iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish, agrar sektorni har tomonlama modernizatsiya qilish, kooperatsiya va milliy iqtisodiyotlarning raqobatbardoshligini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratishni belgilab olishdi.
YeIK vazirining FAO huzuridagi YeOII mamlakatlari diplomatik vakolatxonalari rahbarlari va Rimdagi boshqa xalqaro tashkilotlar bilan amaliy uchrashuvlari davomida agrosanoat majmuasida integratsiyani chuqurlashtirishning istiqbolli yo‘nalishlari va masalalari muhokama qilindi.
"Ishonchim komilki, “beshlik" mamlakatlarining birgalikdagi say’-harakatlari dunyoda yuzaga keladigan muammolarga qarshi turishga va Ittifoqning global oziq – ovqat ta’minoti sohasidagi eng muhim sherik maqomini mustahkamlashga imkon beradi”, - deya u.
Vazir YeIK a’zo davlatlar bilan yaqin hamkorlikda mintaqaviy tashkilotlar va mamlakatlar bilan strategik hamkorlikni davom ettirishga va chuqurlashtirishga tayyor bo‘lib, hamma uchun yanada barqaror, inklyuziv va ocharchilikdan xoli kelajakka erishishga tayyor ekanini qayd etdi.
Prezident RF V. Putin prinimayet uchastie v zasedanii Visshego Yevraziyskogo ekonomicheskogo soveta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.11.2025
O‘zbekiston va YeOII
YeOIIda qurilish va xizmat ko‘rsatishda bozorlarga teng huquqli kirish ta’minlanadi
Yangiliklar lentasi
0