https://oz.sputniknews.uz/20251120/yaim-qayta-hisob-53619390.html
Milliy statistika qo‘mitasi 8-yillik YaIMni qayta hisoblab chiqdi - infografika
Milliy statistika qo‘mitasi 8-yillik YaIMni qayta hisoblab chiqdi - infografika
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston 2017–2024 yillar YaIMini qayta hisobladi. Budjetdan tashqari mablag‘lar va yangi ma’lumotlar qo‘shilishi iqtisodiyot hajmini 80,9 trln so‘mga oshirdi
2025-11-20T19:35+0500
2025-11-20T19:35+0500
2025-11-20T19:35+0500
infografika
yaim
o‘zbekiston
iqtisod
o‘sish
qishloq xo‘jaligi
qurilish
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/14/53616212_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_68107a0800101630210ffe4e756dc8ea.jpg
Milliy statistika qo‘mitasi 2017–2024 yillar bo‘yicha milliy hisoblarni tubdan qayta ko‘rib chiqdi. Bu jarayon Xalqaro valyuta jamg‘armasi eksperti bilan hamkorlikda amalga oshirilib, mamlakat YaIM hisob-kitoblari joriy hamda konseptual tarzda yangilandi.Yangilanishning asosiy sabablari quyidagilardan iborat:1. Budjetdan tashqari mablag‘larni to‘liq qamrab olishIlgari davlat budjeti to‘liq aks etgan bo‘lsa-da, vazirlik va idoralarning rivojlantirish jamg‘armalari va boshqa moliyalashtirish manbalari hisob-kitoblarda to‘liq qamrab olinmagan. Tahlil natijasida 36,4 trln so‘m qo‘shimcha qiymat aniqlandi.2. Ma’lumot almashinuvining yaxshilanishi.Soliq qo‘mitasi, tijorat banklari, mahalliy hokimliklar, Online-mahalla, sanoat va xizmatlar bo‘yicha ma’lumot bazalari bilan integratsiya kuchaytirildi.Natijada korxonalar aylanmasi, sanoat, xizmat ko‘rsatish, qurilish va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha yangi va aniq ma’lumotlar olindi.3. Ilgari hisobga kirmagan faoliyat turlarining qo‘shilishiXizmatlar sohasida raqamli xizmatlar, kuryerlik, frilans, IT-frilans, avtotransport vositalari savdosida vositachilik, onlayn xizmatlar hisobga olindi va 10,2 trln so‘m qo‘shimcha qiymat qo‘shildi.4. Sanoat va qurilishda yirik yangilanishlarSanoatda:Natija: qo‘shimcha 9,7 trln so‘m qiymat qo‘shildi.Qurilishda:Natija: 10,3 trln so‘m qo‘shimcha qiymat aniqlandi.5. Qishloq xo‘jaligida ma’lumotlarni integratsiya qilishNatija: 5,6 trln so‘m qo‘shimcha qiymat qo‘shildi.YaIMni qayta hisoblash natijasida mamlakat iqtisodiyotining umumiy hajmi sezilarli oshdi. Yangilangan metodologiya asosida amalga oshirilgan hisob-kitoblarda YaIM 80,9 trln so‘mga ko‘paydi.Qayta hisoblashgacha YaIM 1 454,6 trillion so‘m deb belgilangan bo‘lsa, yangilangan ma’lumotlarga ko‘ra u 1 535,4 trillion so‘mga yetdi.Xalqaro solishtirish uchun muhim bo‘lgan dollar hisobida ham o‘sish kuzatildi: avval 115 milliard dollar deb baholangan YaIM endilikda 121,4 milliard dollarga teng deb qayd etilmoqda.Batafsil - Sputnik O‘zbekiston infografikasida.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/14/53616212_198:0:1158:720_1920x0_80_0_0_7223681a190d57f0434a5ce345c8a6d6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston yaim, yaim qayta hisoblash, milliy statistika qo‘mitasi, yaim 2024, iqtisodiy o‘sish, budjetdan tashqari jamg‘armalar, qo‘shimcha qiymat, sanoat statistikasi, xizmat ko‘rsatish statistikasi, yaim metodologiyasi, hvj standartlari, milliy hisoblar tizimi, online-mahalla ma’lumotlari, iqtisodiyot 2024, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar
o‘zbekiston yaim, yaim qayta hisoblash, milliy statistika qo‘mitasi, yaim 2024, iqtisodiy o‘sish, budjetdan tashqari jamg‘armalar, qo‘shimcha qiymat, sanoat statistikasi, xizmat ko‘rsatish statistikasi, yaim metodologiyasi, hvj standartlari, milliy hisoblar tizimi, online-mahalla ma’lumotlari, iqtisodiyot 2024, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar
Milliy statistika qo‘mitasi 8-yillik YaIMni qayta hisoblab chiqdi - infografika
Milliy statistika qo‘mitasi sakkiz yillik YaIMni qayta hisoblab, ilgari qamrab olinmagan budjetdan tashqari mablag‘lar, xizmatlar va sanoat faoliyatini hisobga qo‘shdi
Milliy statistika qo‘mitasi 2017–2024 yillar bo‘yicha milliy hisoblarni tubdan qayta ko‘rib chiqdi. Bu jarayon Xalqaro valyuta jamg‘armasi eksperti bilan hamkorlikda amalga oshirilib, mamlakat YaIM hisob-kitoblari joriy hamda konseptual tarzda yangilandi.
Yangilanishning asosiy sabablari quyidagilardan iborat:
1. Budjetdan tashqari mablag‘larni to‘liq qamrab olish
Ilgari davlat budjeti to‘liq aks etgan bo‘lsa-da, vazirlik va idoralarning rivojlantirish jamg‘armalari va boshqa moliyalashtirish manbalari hisob-kitoblarda to‘liq qamrab olinmagan. Tahlil natijasida 36,4 trln so‘m qo‘shimcha qiymat aniqlandi.
2. Ma’lumot almashinuvining yaxshilanishi.
Soliq qo‘mitasi, tijorat banklari, mahalliy hokimliklar, Online-mahalla, sanoat va xizmatlar bo‘yicha ma’lumot bazalari bilan integratsiya kuchaytirildi.
Natijada korxonalar aylanmasi, sanoat, xizmat ko‘rsatish, qurilish va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha yangi va aniq ma’lumotlar olindi.
3. Ilgari hisobga kirmagan faoliyat turlarining qo‘shilishi
Xizmatlar sohasida raqamli xizmatlar, kuryerlik, frilans, IT-frilans, avtotransport vositalari savdosida vositachilik, onlayn xizmatlar hisobga olindi va 10,2 trln so‘m qo‘shimcha qiymat qo‘shildi.
4. Sanoat va qurilishda yirik yangilanishlar
uy xo‘jaliklarining 1,7 mln tonna oziq-ovqatni qayta ishlashi hisobga olindi;
xalqaro auditorlik hisobotlari asosida ko‘rsatkichlar aniqlandi.
Natija: qo‘shimcha 9,7 trln so‘m qiymat qo‘shildi.
statistik hisobotlar qamrovi kengaytirildi,
soliq ma’lumotlari bilan taqqoslash joriy etildi.
Natija: 10,3 trln so‘m qo‘shimcha qiymat aniqlandi.
5. Qishloq xo‘jaligida ma’lumotlarni integratsiya qilish
“Online-mahalla” va Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari uyg‘unlashtirildi;
252 ming gektar ijara yerlar ma’lumoti hisobga olindi;
banklar va mahalliy hokimliklar orqali fermerlar va kichik tadbirkorlar faoliyati qo‘shildi.
Natija: 5,6 trln so‘m qo‘shimcha qiymat qo‘shildi.
YaIMni qayta hisoblash natijasida mamlakat iqtisodiyotining umumiy hajmi sezilarli oshdi. Yangilangan metodologiya asosida amalga oshirilgan hisob-kitoblarda YaIM 80,9 trln so‘mga ko‘paydi.
Qayta hisoblashgacha YaIM 1 454,6 trillion so‘m deb belgilangan bo‘lsa, yangilangan ma’lumotlarga ko‘ra u 1 535,4 trillion so‘mga yetdi.
Xalqaro solishtirish uchun muhim bo‘lgan dollar hisobida ham o‘sish kuzatildi: avval 115 milliard dollar deb baholangan YaIM endilikda 121,4 milliard dollarga teng deb qayd etilmoqda.
YaIM hajmi (trln so‘mda)
Yillar | Qayta hisoblashdan oldin | Qayta hisoblashdan keyin |
2020 | 668.0 | 705.1 |
2021 | 820.5 | 861.2 |
2022 | 995.6 | 1041.9 |
2023 | 1204.5 | 1261.8 |
2024 | 1454.6 | 1535.4 |
YaIM o‘sishi (o‘tgan yilga nisbatan foizda)
Yillar | Qayta hisoblashdan oldin | Qayta hisoblashdan keyin |
2020 | +1.6% | +1.6% |
2021 | +8.0% | +8.2% |
2022 | +6.0% | +6.1% |
2023 | +6.3% | +6.3% |
2024 | +6.5% | +6.7% |
Batafsil -
Sputnik O‘zbekiston infografikasida.