O‘zbekistonda qaysi sohalarda ko‘proq maosh to‘lanadi - infografika

Obuna bo‘lish
2025 yilning 9 oyi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 6,167 million so‘mni tashkil etdi..
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda bank, sug‘urta va lizing sohasi xodimlari eng ko‘p maosh oladi: o‘rtacha 16,8 mln so‘m.
Ikkinchi o‘rinda - AT va aloqa sohasi xodimlari (14,9 mln). Yetakchi uchlikda tashish va saqlash bilan shug‘ullanuvchilar ham bor (9,3 mln so‘m). Eng kam ish haqi sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida: o‘rtacha 3,7 mln.
Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston bo‘yicha o‘rtacha ish haqi 6 mln 167 ming so‘mni tashkil etdi.
Bu o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 19,2% ga ko‘p.
Batafsil - Sputnik O‘zbekiston infografikasida.
Yangiliklar lentasi
0