Turizm sohasida 2030-yilgacha yangi vazifalar belgilandi — tafsilotlar

© Sputnik / Baxrom XatamovTurist fotografiruyet dostoprimechatelnost
Turist fotografiruyet dostoprimechatelnost  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.11.2025
Obuna bo‘lish
Prezident qaroriga muvofiq, turizmni rivojlantirish, turistlar oqimini ko‘paytirish va sohani raqamlashtirish bo‘yicha yangi chora-tadbirlar belgilandi.
TOShKENT, 20 noya – Sputnik. O‘zbekiston prezidentining yangi qarorga muvofiq, turizm sohasini tizimli rivojlantirish va milliy turistik mahsulotlarning jahon bozorida raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan muhim vazifalar belgilab berildi.
Hujjatga ko‘ra, 2030-yilgacha turizm sohasining YaIMdagi ulushini 7 foizga yetkazish, chet ellik turistlar sonini 20 milliongacha oshirish, xizmatlar eksportini 6 milliard dollardan oshirish, turistik shaharlar o‘rtasida transport bog‘lanishini yaxshilash va yo‘l vaqtini keskin qisqartirish rejalashtirilgan.
Shu bilan birga, 4–5 yulduzli mehmonxonalar sonini ikki baravar oshirish va O‘zbekistonning jahon miqyosida taniladigan turistik brendini yaratish vazifasi qo‘yilgan.

Turizm sohasini rivojlantirish davlat siyosatini amalga oshiruvchi asosiy organ sifatida Turizm qo‘mitasi belgilandi. Qo‘mita normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish vakolatiga ega bo‘ladi, uning rahbari prezident tomonidan tayinlanadi.

Qo‘mita xorijda vakolatxonalar ochadi. Ikki oy ichida vizasiz rejimni kengaytirish va 2040-yilgacha turizm strategiyasini ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.
2026–2028 yillarda Samarqandda "Meros yo‘li" turistik marshrutini tashkil etish, Xivaning Ichan-Qal’asini to‘liq xissiy va “ichkaridan turib” his etiladigan “aqlli muzey-shahar”ga aylantirish, Toshkentda modernizm yodgorliklarini YuNESKO ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha ish olib boriladi va eng ko‘p mozaikalar bor shahar sifatida jahon miqyosida e’tirof etilishiga erishish.
Jahon brendlarini jalb qilish, Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xivada zamonaviy autlet markazlar qurish rejalashtirilgan.
2026 yildan boshlab qator imtiyozlar amalga kiritiladi:
chet ellik turistlar uchun xarid qilingan tovarlar uchun QQSni naqd qaytarish imkoniyati;
turistik startaplarga 50 foizgacha subsidiya;
mehmonxonalarga "yashil" sertifikat xarajatlarining yarmini qoplash;
alqaro konferensiyalar va tadbirlarni tashkilotchilariga QQSning 50 foizini qaytarish;
avtobus, elektrobus va mikroavtobuslarni turizm sohasi subyektlari import qilishida bojxona imtiyozlari.
Shuningdek, nufuzli kinokompaniyalarga O‘zbekistonda filmlar suratga olish xarajatlarining 10–25 foizi qoplab beriladi.
2026 yildan milliy turizm yagona platformasi ishga tushiriladi. U orqali turistik SIM-karta, onlayn bilet, marshrut tuzish, raqamli gid, yagona chipta tizimi va mehmonxona yig‘imini avtomatik to‘lash imkoniyati yaratiladi. Tizim sun’iy intellekt bilan integratsiya qilinib, turistlar oqimini tahlil qilish imkoni kengayadi.
Butunjahon turizm tashkiloti ko‘magida Samarqandda Xalqaro turizm akademiyasi ochilib, sohadagi mutaxassislar qayta tayyorlanadi.
Zaglushka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.10.2025
O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatlardan kelmoqda
Yangiliklar lentasi
0