https://oz.sputniknews.uz/20251120/simob-sotish-ikki-shaxs-53593686.html
Buxoroda 35 ming dollarga simob sotmoqchi bo‘lgan ikki shaxs qo‘lga olindi
Buxoroda 35 ming dollarga simob sotmoqchi bo‘lgan ikki shaxs qo‘lga olindi
Sputnik O‘zbekiston
Buxoro viloyatida 343 gramm simob moddasini 35 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ikki shaxs tezkor tadbirda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. Ularga nisbatan JKning 185-1-moddasi bilan ish qo‘zg‘atildi.
2025-11-20T09:50+0500
2025-11-20T09:50+0500
2025-11-20T10:05+0500
o‘zbekiston
davlat xavfsizlik xizmati (dxx)
qonunbuzar
jinoyat kodeksi
jinoyat
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1067/67/10676787_0:113:1200:788_1920x0_80_0_0_8f565d13512d49ce3cd99036b6086ce5.jpg
TOShKENT, 20 noya – Sputnik. Buxoro viloyatida O‘zbekistonda erkin sotilishi taqiqlangan 343 gramm simob moddasini 35 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan paytda ikki nafar shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) matbuot xizmati xabar berdi.Ma’lumotga ko‘ra, DXXning Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Milliy gvardiya hududiy bo‘limlari bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirda Buxoro shahrida yashovchi 1998-yilda tug‘ilgan shaxs va Buxoro tumanida istiqomat qiluvchi 1984-yilda tug‘ilgan shaxs 3 dona flakondagi simobni sotish jarayonida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.Hozirda ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 185-1-moddasi bandlari (Rangli metallar, ularning parcha va rezgi chiqitlarini tayyorlash, olish, ulardan foydalanish hamda ularni o‘tkazish qoidalarini buzish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20251111/er-ajratilish-fermer-ushlanish-53378795.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1067/67/10676787_0:0:1200:900_1920x0_80_0_0_4cd09ddf2883526987d5d7ae4356bbbd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, davlat xavfsizlik xizmati (dxx), qonunbuzar, jinoyat kodeksi, jinoyat, jamiyat
o‘zbekiston, davlat xavfsizlik xizmati (dxx), qonunbuzar, jinoyat kodeksi, jinoyat, jamiyat
Buxoroda 35 ming dollarga simob sotmoqchi bo‘lgan ikki shaxs qo‘lga olindi
09:50 20.11.2025 (yangilandi: 10:05 20.11.2025) Ular 3 dona flakondagi simobni sotish jarayonida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
TOShKENT, 20 noya – Sputnik. Buxoro viloyatida O‘zbekistonda erkin sotilishi taqiqlangan 343 gramm simob moddasini 35 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan paytda ikki nafar shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) matbuot xizmati
xabar berdi.
Ma’lumotga ko‘ra, DXXning Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Milliy gvardiya hududiy bo‘limlari bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirda Buxoro shahrida yashovchi 1998-yilda tug‘ilgan shaxs va Buxoro tumanida istiqomat qiluvchi 1984-yilda tug‘ilgan shaxs 3 dona flakondagi simobni sotish jarayonida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 185-1-moddasi bandlari (Rangli metallar, ularning parcha va rezgi chiqitlarini tayyorlash, olish, ulardan foydalanish hamda ularni o‘tkazish qoidalarini buzish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.