“O‘zmetkombinat” xodimlari Perm politexnika universitetida masofaviy ta’lim olishi mumkin

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Maqsad - ta’lim, fan va innovatsiya sohalarida mustahkam, tizimli va uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirishdan iborat.
TOShKENT, 19 noya – Sputnik. “O‘zmetkombinat” AJ va Perm milliy tadqiqot politexnika universiteti (PNIPU) o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Memorandum doirasida 500 ta maxsus grant ajratilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu grantlar tufayli korxona xodimlari ushbu oliy o‘quv yurtida masofaviy ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Dastur bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichlarini qamrab oladi. Bu metallurgiya sohasi uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash jarayonini tezlashtiradi. O‘qish davomida a’lo natijalarga erishgan talabalarga PNIPU tomonidan stipendiya belgilanadi.
Memorandumni imzolash marosimida “O‘zmetkombinat” AJ bosh direktori Bahodir Abdullayev korxonaning Rossiyaning MISiS Milliy texnologik tadqiqot universiteti va Magnitogorsk davlat texnika universiteti kabi oliy ta’lim muassasalari, shuningdek, respublikaning bir qator ta’lim dargohlari bilan allaqachon mustahkam aloqalari o‘rnatilganligini ta’kidladi.
U PNIPU bilan memorandum imzolash talabalar uchun ishlab chiqarish amaliyoti va stajirovka dasturlarini rivojlantirish, “O‘zmetkombinat” mutaxassislarini o‘quv jarayoniga va murabbiylikka jalb etish, qo‘shma ilmiy-texnik tadqiqotlar o‘tkazish hamda innovatsion yechimlarni ishlab chiqarishga joriy qilish imkonini berishini ta’kidladi.
“Biz uchun yosh mutaxassislar nafaqat bilim olishlari, balki haqiqiy ishlab chiqarish jarayonlari, korporativ madaniyat va korxona qadriyatlarini tushunib yetishlari muhim”, - dedi u.
Hamkorlikning asosiy maqsadi ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida mustahkam, tizimli va uzoq muddatli hamkorliklikni rivojlantirishdir.
“Bugungi imzolash biz uchun universitetimizga ham, sanoat hamkorimiz – “O‘zmetkombinat”ga ham zamonaviy raqobatbardosh mahsulotlar yaratishda, ishlab chiqarish, ilm-fan, yangiliklar va innovatsiyalar sohasida peshqadamlar safida bo‘lishda yordam beradigan muhandislarni tayyorlash imkoniyatidir”, - dedi Perm milliy tadqiqot politexnika universiteti prorektori Aleksandr Trufanov.
Memorandumni imzolash marosimidan so‘ng PNIPU delegatsiyasi “Metallurg” PFK huzuridagi futbol akademiyasi hududida “Yashil makon” loyihasi doirasida daraxt ekish tadbirida ishtirok etdi.
Keyin mehmonlar ishlab chiqarish jarayonlarini ko‘zdan kechirdilar, texnologik jarayonlar, ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va muhandislik markazi faoliyati bilan tanishdilar.
Olmaliqdagi GeoMetTex ilg‘or muhandislik maktabi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.09.2025
Olmaliqdagi “GeoMetTex” ilg‘or muhandislik maktabi: o‘qishdan so‘ng qayerda ishlash mumkin
Yangiliklar lentasi
0