O‘zbekiston-Sloveniya Hukumatlararo komissiyasi yig‘ilishida yangi loyihalar kelishildi

© Ministerstvo investitsiy, promishlennosti i torgovliNa zasedanii uzbeksko-slovenskoy Mejpravkomissii bili soglasovani novie proyekti
Na zasedanii uzbeksko-slovenskoy Mejpravkomissii bili soglasovani novie proyekti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.11.2025
Obuna bo‘lish
Hukumatlararo iqtisodiy hamkorlik komissiyasi yig‘ilishida O‘zbekiston va Sloveniya qishloq xo‘jaligi bo‘yicha memorandum imzolab, bir qator sohalarda hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi.
TOShKENT, 19 noya – Sputnik. O‘zbekiston-Sloveniya Hukumatlararo iqtisodiy hamkorlik komissiyasi yig‘ilishida savdo, transport, raqamli transformatsiya, ta’lim, farmatsevtika, logistika va qishloq xo‘jaligi kabi qator sohalarda hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilish Sloveniya poytaxti Lyublyana shahrida bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida ikki davlat qishloq xo‘jaligi vazirliklari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

Shuningdek, investitsiyalar, savdo va sanoat vaziri Laziz Kudratov Sloveniya bosh vaziri o‘rinbosari — tashqi va Yevropa ishlari vaziri Tanya Fayon bilan uchrashdi.
Muzokaralarda farmatsevtika, logistika, muhim minerallar bo‘yicha kooperatsiyani rivojlantirish, shuningdek, o‘zbek mahsulotlarini YeI bozoriga olib chiqishni qo‘llab-quvvatlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Bundan tashqari, Sloveniya kompaniyalari bilan o‘tkazilgan bir qator uchrashuvlarda raqamlashtirish, aviatsiya, kadrlar tayyorlash, energetika, farmatsevtika va sug‘urta sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
Laziz Kudratov vstretilsya s ministrom mejdunarodnogo ekonomicheskogo sotrudnichestva Serbii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.10.2025
O‘zbekiston va Serbiya sanoat va energetikadagi yangi loyihalarni muhokama qildi
Yangiliklar lentasi
0